1. Psixodinamik nazariyada bola taraqqiyoti Psixoanalitik nazariya va ta’lim tarbiya
Download 37.58 Kb.
|
. Psixodinamik nazariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anima
Ayrim eng muhim arxetiplar.
Persona (lotincha «persona», «niqob» so‘zidan olingan) — biz o‘zimizni boshqa odamlarga namoyon qiladigan, “ommaviy” yuzimiz. Persona biz ijtimoiy talablarga muvofiq o‘ynaydigan turfa rollarni ifodalaydi. Yungning tushuntirishicha, persona o‘zgalarda taassurot qoldirish yoki o‘zgalardan o‘z mohiyatini yashirishga xizmat qiladi. Persona kundalik turmushimizda boshqa odamlar bilan murosa qilib yashash uchun zarur. Biroq Yung agar mazkur arxetip haddan ortiq ahamiyat kasb etadigan bo‘lsa unda odam sayozlashib, yuzaki bo‘lib qolishi, hayoti bitta rolni bajarishgagina qaratilgan, haqiqiy emotsional tajribadan begonalashishi mumkinligidan ogohlantirib o‘tgan. Persona bizni tevarak olamga moslashtirishda qanchalar katta ahamiyat kasb etsa, ko‘lanka arxetipi shaxsning siqib chiqarilgan hayvoniy jihatlarini ifodalaydi. Ko‘lanka bizning ijtimoiy noma’qul shaxvoniy va agressiv impulslarni, aksilaxloqiy o‘y-fikrlar va ehtiroslarni o‘zida jo etadi. Biroq ko‘lankaning ham ijobiy tomonlari mavjud. Yung ko‘lankani hayotiy quvvat manbai sifatida ko‘zdan kechiradi, samimiylik, individuumning ijodiy ibtidosi deb biladi. Yungga binoan egoning funksiyasi ko‘lanka energiyasini uni jilovlash orqali kerakli yo‘singa solishdan iborat. O‘z impulslarimizni oshkora ifoda eta olish va sog‘lom hamda ijodiy hayotdan zavq olish. Anima va animus arxetiplarida K.Yung tomonidan inson androgin tabiatga ega ekanligini e’tirof etish yotadi. Anima erkaklardagi ayol obrazi, uning anglanmagan ayollik jihatlari o‘z ifodasini topsa, animusda – ayollardagi erkaklik obrazi, uning anglanmagan erkaklik jihatlari o‘z ifodasini topgan. Mazkur arxetiplar mavjudligi, qisman bo‘lsa-da, erkak va ayol organizmida ham testosteron, ham estrogen gormonlari ishlab chiqilishi kabi bologik faktga tayanadi. Mazkur arxetip asrlar mobaynida qarama-qarshi jins vakillari bilan o‘zaro ta’sirga kirish tajribasi hosilasi sifatida jamoaviy g‘ayrishuuriyda taraqqiy etgan. Ko‘plab erkaklar, muayyan darajada, ayollar bilan birgalikdagi turmush tarzi natijasida “femininlashgan” bo‘lsa, ayollar “maskulinlashgan”dirlar. Yung anima va animus shaxs taraqqiyotini to‘xtatmaslik uchun, umumiy balansni buzmagan xolda, uyg‘un ifodasini topishi lozim deb hisoblagan. Boshqachasiga aytsak, erkak o‘z maskulin sifatlari bilan birga ma’lum darajada femininlik jihatlarini ham namoyon etishi lozim bo‘lsa, ayollar ham, o‘z navbatida, o‘z feminin sifatlari bilan birga maskulin jihatlarini ham kerak bo‘lganda namoyon etishlari kerak. Mabodo ushbu zaruriy sifatlar rivojlanmay qolsa shaxsda funksional buzilishlar vujudga kelishi mumkin. O‘zlik — Yung nazariyasidagi eng muhim arxetipdir. O‘zlik shaxs tuzilmasining markaziy qismi – yuragini – tashkil etadi. Qalbning barcha jihatlari qovishuvi (integratsiyasi) amalga oshganda, inson o‘zining birbutunligini, uyg‘unlik va xotirjamlikni his etadi. Yung fikriga ko‘ra o‘zlikning taraqqiyoti inson hayotining asosiy maqsadi bo‘lishi shart. Arxetipning asosiy ramzi bo‘lib mandala va uning turfa ko‘rinishlaridir (abstrak doira, valiylar boshi uzra nur taralishi va h.). mandala kabi shakllar yakunlanganligida o‘z ifodasini topadigan “Men” yahlitligi, Yungga ko‘ra, tushlarda, fantaziyalarda, afsonalarda, diniy va mistik tajribalarda namoyon bo‘ladi. Yung din insonni to‘kislik va butunlik hissini beradigan beqiyos kuch deb hisoblagan. Shu bilan birga, qalb uyg‘unligiga erishish – murakkab jarayondir. Shaxs tuzilmalarining asl uyg‘unligi, to‘kisligiga erishish mushkul. O‘zlik arxetipi qalbning barcha unsurlari, ongli va ongsiz jihatlari integratsiyasi ro‘y bermaguncha faolligini namoyon qilmaydi. Shuning uchun, yetuk “Men”ga erishuv barqarorlik, intellekt va katta hayotiy tajriba lozim. Download 37.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling