Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «rekapitulyatsiya qonuni»
Biogenetik nazariyaning
negizida insonning biologik yetilishi - bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida sharxlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi. 17 David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 406-b. 3. Shaxs na zariyasining ba’zi modellari va konsepsiyalari. 41 Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb «rekapitulyatsiya qonuni»ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. S.Xollning talqiniga qaraganda, shaxs rivojlanishining yosh davrlari «bo’ron va tazyiqlar», ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan iborat bo’lib, ularning kechishi davomida odamda «individuallik tuyg’u»si vujudga keltiradi. Shaxs rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas. Biogenetik konsepsiyaning boshqa biri nemis «konstitutsion psixologiyasi» (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, histuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari (o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik), ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo’ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan sifatlar hamisha netakchi va hal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeli bo’yicha ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi - bu sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling