Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

2. Shaxs taraqqiyotining 
davrlarga bo’linishi. 
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning 
yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlardir. Chunki taraqqiyotning har yosh bosqichi 
o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o’zgarishlariga 
ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga 
bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga ega 
bo’lgan ko’rsatkichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana 
shu ikkala ko’rsatkich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish va 
ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim.
Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli 
davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, 
har bir davrning o’z 
qonuniyatlari mavjud. 
15
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton
,
Educational Psychology © 2009

Second Edition

324-326 b.


36
Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir 
qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, shaxs taraqqiyotining 
davrlarga bo’linishi haqida ma’lumotlarni, fikr va qarashlarini keltiramiz.  
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson 
taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan 
yondashib, o’ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya 
negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi mavjudligi sababli bolalik
o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar 
taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan farqli o’laroq u 
shaxs shakllanishining prosotsial va asotsial bosqichlari mavjud bo’lishi 
mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta 
makrofazadan iborat ekanligini sharhlab,
uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga
moslashish, ko’nikish (adaptatsiya); ikkinchisi - o’smirlarga xos 
individuallashish (individualizatsiya); uchinchichi - o’spirinlik, 
ya’ni yetuklikka intilish davrida individual
holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat 
bo’lishini ta’kidlab o’tadi.
✓ 
ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 
yoshgach;
✓ 
bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha;
✓ 
kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 
yoshgacha; 
 
o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 
yoshgacha;
✓ 
yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 
yoshgacha.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan 
bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning 
fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot 
bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan 
iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha;
kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha;
yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u 
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
➢ 
go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha;
➢ 
maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha; 
➢ 
o’smirlar - 10 
yoshdan to 15 yoshgacha.
Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni o‘rab turgan ijtimoiy 
borliqning normalari, qoidalari, xulq-atvor mezonlari o‘z aksini topgan bo‘ladi.


37
24-rasm  
Amerikalik psixolog E.Erikson nazariyasiga ko’ra shaxs rivojlanishida 
ma’lum bosqichlarni albatta bosib o’tishini ta’kidlab, ularni hayotiy psixologik 
krizis tarzda ta’riflab bergan:
➢ 
tashabbuskorlilikni namoyon bo’lishi - gunohkorlik, aybdorlik hissiga 
qarama - qarshi (taxminan 3 yoshdan – 6 yoshgacha);
➢ 
mehnatsevarlik - yetishmovchilik kompleksiga qarama - qarshi (7 yoshdan 
– 12 yoshgacha);
➢ 
o’z shaxsini aniqlash - konforizmga qarama - qarshi (12 yoshdan – 18 
yoshgacha);
➢ 
samimiylikka, muloqotga intilish - shaxsiy psixologik chetlashishga 
qarama - qarshi (taxminan 20 yoshlarda);
➢ 
yangi avlodni tarbiyalashdagi g’amxo’rlik - «o’z - o’ziga sho’ng’ib 
ketishga» qarama - qarshi (30 va 60 yoshlar orasida);
➢ 
yashab o’tgan hayotidan mamnun bo’lish - umidsizlikka qarama - qarshi 
(60 yoshdan so’ng).

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling