35
faoliyati, aqliy harakatlarning buzilishi yoki yo‘qolishi quyidagi holatlarda
kuzatilishini bir qancha tajriba va kuzatishlar natijasida aniqlangan:
➢
tafakkurning yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, masalan
aqli zaif odamlarda va hayvonlarda uchraydi;
➢
aqliy o‘lim yoki koma holatida inson dastlabki vaqtlarda tashqi
stimullarga javob bermaydi, hattoki u og‘riq stimullari bo‘lsa ham,
keyinchalik, bir necha haftadan so‘ng, og‘riqqa yurak urishining tezlashishi
bilan javob qaytara boshlaydi. Bundan tashqari yurak urishi uyqu va uyg‘oq
holatda o‘zgaradi. Lekin, hattoki, uyg‘oq holatida ham miya faoliyati odatiy
holatdan ancha sust ishlaydi;
➢
minimal ongsizlik holati - bunda odam maqsadli elementar harakatlarni
amalga oshira oladi, gaplarni tushunadi. Bu holat oylab yoki yillab davom etishi
mumkin.
15
Yuqorida ta’kidlangan barcha munosabatlar
shaxsning ijtimoiylashuvi
jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Ushbu tushuncha sof ijtimoiy-psixologik va
sotsiologik bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga
berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga
moyilligi, o‘zlashtirganlik
darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida
insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi,
shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: