Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

 shaxs faolligi haqidagi 
konsepsiyasidir. 
Z.Freydga ko’ra shaxs 3 ta tuzilish komponentlari asosida 
shakllanadi: id (u), ego(men), superego (mendan yuqori).
id qatlami
- bu shaxsning instinktiv yadrosi. Id qatlamida kuchli instinktlar
o’zlarining namoyon bo’lishini talab qiladilar va shaxsning xulq-atvorini 
belgilaydilar. Freydning psixodinamik nazariyasida ikki hil instinktlar - seksual 
instinkt va buzg’unchi instinktlar ajratiladi. Insondagi agressiv xulq-atvor bu 
konsepsiyada xulq-atvorning instinktiv shakli deb qaraladi
ego qatlami

shaxsning ongli, maqsadga muvofiq qatlami. Ego id qatlami bilan doimo o’zaro 
ta’sirda bo’ladi, u ikkita asosiy qo’rqinchli instinktni yuzaga kelishini oldini 
olishga intiladi. Maqsadga muvofiq ongli qatlam shaxs uchun shunday faoliyat 
programmasini ishlab chiqadiki, u shaxsning xulq-atvorini belgilaydi. 
Freydning 
psixodinamik nazariyasiga
ko’ra insondagi agressiv xulqatvor bu konsepsiyada 
xulq- atvorning instinktiv shakli deb qaraladi. Unda bir tomondan, idning talablari 
qondiriladigan bo’lsa, boshqa tomondan tashqi dunyo talablari va odamning o’z 
ongi talablari qondiriladi. Ego qatlamining mavjudligi haqiqiy prinsiplarni 
belgilaydi; 
superego qatlami
- ma’naviy «men» sohasidir, unda jamiyat 
tomonidan qabul qilingan qoidalar, qadriyatlar, axloqiy tasavvurlar o’z ifodasini 
topadi. Bu soha ijtimoiylashuv jarayonida shakllanadi va yuzaga keladi. Superego 
instinktiv bo’lmasligiga qaramay, idga o’xshab, maqsadli ego bilan qarama-qarshi 
bo’ladi. Superego egoni haqiqiy maqsadga qaraganda ideal maqsadning 
ustunligiga ishontirmoqchi bo’ladi. Freydning bu konsepsiyasini qo’llab-
quvvatlaydilar, ammo unga qarshilar ham ko’p.
Bundan tashqari Z.Freyd shaxsdagi qo’rquv, ya’ni fobiya - yashirin 
xavotirlilikni nazorat qilish uchun insonning siqib chiqarish va ko’chirish himoya 


43
mexanizmidan ortiqcha foydalanishi natijasidir, degan g’oyani ilgari suradi. 
Bunday insonlar ko’pincha qo’rquv va xavotirlikni keltirib chiqaruvchi 
signallarni ong ostiga siqib chiqarishadi va nazorat qilish oson bo’lgan neytral 
obyekt yoki vaziyatga nisbatan mavjud qo’rquvlar bilan aralashtirib yuborishadi. 
Z.Freydning psixoanaliz ta’limotiga ko’ra nazorat qilinmaydigan, avtomatik 
tarzda vahima bilan kechadigan qo’rquv shaxs taraqqiyotining ilk, arxaik 
bosqichini eslatadi. Signal qo’rquvga qobillik esa, aksincha shaxsning ma’lum 
darajada yetukligini bildiradi. Ayni paytda avtomatik qo’rquv «Men»ni ezib, 
yanchib, tashlashga qobil bo’lsa, signal qo’rquv «Men»ga xizmat qiladi, uni xavf 
haqida ogohlantiradi. Xavfdan bunday himoyalanish unga real qarshi turish 
qobilligidan iborat bo’lishi kerak. Lekin bolalikda hali bunday qobiliyat 
shakllanmagan bo’ladi. Shuning uchun ham bolalar qo’rquvining keng 
tarqalganligi tabiiydir. Bolalar «Men»ida afsuski bunday qo’rquvlarga qarshi 
turishning kerakli xulq usullari yo’q. Zaruratdan kelib chiqib, bola o’zini 
qo’rquvdan himoya qiladigan psixik mexanizmlarini kashf qiladi. Qo’rquv bir 
muncha chidasa bo’ladigan darajaga kamayadi. «Men» o’z himoyasi uchun uni 
orqasiga o’tib berkinsa bo’ladigan o’ziga xos «devor» quradi. Buning uchun 
himoya «devori» qo’rquvni qaytarishga qobil darajada baquvvat bo’lishi kerak. 
Xavf esa har doim ham tashqaridan kelavermaydi, u ichki shaxsiy psixik qobiqni 
ham yorib o’tishi mumkin. Tashqi va ichki xavfdan saqlaydigan himoya devori 
o’rtasidagi farqni bilish psixoanaliz ta’limotidagi asosiy g’oya edi. Freydning 
fobiyani yuzaga kelishi borasidagi nazariyasi yillar davomida ilmiy jihatdan 
qo’llabquvvatlanmadi, zamonaviy psixodinamik, gumanistik, kognitiv va 
biologik model namoyondalari ham fobiyaning odamlarda yuzaga kelishi 
borasida aniq bir fikr bildira olmadilar. Ammo bixevioristlarning bu boradagi 
ishlari ilmiy jihatdan qo’llab-quvvatlandi va hozirgi kunda terapevtik sohada ham 
katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling