Kreativ «men»
- bunga ko’ra inson o’z shaxsini o’zi yaratadi. Tug’ma
xususiyatlar, subyektiv hayotiy tajriba ham faqatgina material bo’la oladi. U
asosida insonning o’zi, o’z shaxsini yaratadi, hatto hayotiy uslub ham kreativ
«men»ga bo’ysunadi: hayotiy uslub shaxsning ijodiy qobiliyati ta’siri natijasida
shakllanadi. Ya’ni har bir inson erkin holatda o’zining hayotiy uslubini yaratadi.
Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u tashqi ijtimoiy
ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib, so’ngra shu ta’sirlarning subyekti
sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshidanoq
“mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit
biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit -
kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami
bo’lib, undagi qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman
qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik
jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa
shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartibqoidalarni qabul qiluvchi subyekt
bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal
ko’rinishidir.
SHaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini
tasavvur qilishidan xosil bo‘lgan obraz -
«Men» - obrazi
deb atalib, uning
qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan
xisoblanadi.
«Men» - obrazining
ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u
shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muxim omillaridan xisoblanadi. SHu
nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari
to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin.
Demak, xar bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur
qilolsa, uning jamiyat normalariga zid xarakat qilish extimoli xam shunchalik
kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi.
Oʻrganishga oid koʻp yillik izlanishlarga qaramay, bu bilimlarni
amaliyotda oʻqitish uchun joriy qilish oson emas. “Biz qanday oʻqiymiz?” va “
Biz oʻqituvchilar qanday qilib oʻrganishni boshlab bera olamiz?” Bu qisman,
ta’lim bir-biridan farq qiluvchi muayyan maqsadlar va holatlar bilan bogʻliq
hamda talabalar odamzodga xos turfalanish va oʻzgarishga moyilligi tufaylidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |