Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Realistik baho
shaxsni o‘rab turganlar - ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari maxsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq holis qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bo‘ladi. CHunki biz kundalik hayotda xammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi (masalan, ota- ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob qaxramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi mumkin. SHuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Sinfxonalarda xulq-atvor, o’zni tutishi o’quvchi va uning xatti-harakatlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlab beruvchi samarali qurol vositasini hisoblanadi. O’quvchining fikr yuritishidagi o’zgarishlarni anglab yetish biroz foyda bermaydi; buning uchun bizga bilimdonlikka doir ko’proq nazariyalar kerak bo’ladi. Ushbu fakt xulq-atvorni tanqid qiluvchi asos deb emas balki uning afzalliklarining bir namoyishi yoki foyda manbasi sifatida ya’ni xatti- harakatlar o’rtasidagi vosita talqin qilinadi. Insonlarning xulq-atvorini o’rganuvchi kimsalar ushbu bog’liqliklar uchun turli xil atamalar ishlatishadi (ulardan biri “lingo”). Ular shuningdek, xulqiy o’rganishni ikki xil “classical” ko’nikma va boshqariluvchi ko’nikma kabi asosiy modellariga tayanishadi. Takidlab o’tilgan nomlar asosiy o’rganish mexanizmlaridan hosil bo’lgan. 19 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling