Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi


Download 244 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.07.2023
Hajmi244 Kb.
#1661077
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 маруза



4-maʼruza. Ekologik tizimlar. Organizmni muhit bilan oʻzaro taʼsiri 
Maʼruza rejasi: 
Reja: 
1. Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari 
haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi.
2. Okean va quruqlik ekotizimlari. 
 3. Ekotizmlarda organizmlar jamoasi. Ekotizimlarni gomeostaz holati. 
Ekotizimlarni mahsuldorligi.
4. Agroekotizimlar. Ekotizmlarda moddalar aylanishi.
5. O‘rmon cho‘l, o‘tloq, suv havzasi va boshqa ekotizimlari. Ekotop va 
biosenozlar. 
Tanch iboralari: 
 
 
Ekosistema, biogeotsenoz, birlamchi mahsulot, sof birlamchi mahsulot, 
ikkilamchi mahsulot, ekskrementlar, metobolizm, iyerarxiya, biom, produsent, 
konsument, redusent, ozuqa zanjiri, ekologik piramida, tabiiy ekosistema, sunʼiy 
ekosistema. 
1. Jamoaning tuzilishi va shakllanishi
A.Tenslining 
«ekosistema» 
va 
V.N.Sukachevning 
«Biogeosenoz» 
tushunchalari toʻgʻrisida. Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning 
populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa 
organizmlar va oʻlik tabiatning taʼsirida boʻlishi bilan birga oʻz navbatida oʻzlari ham 
ularga taʼsir koʻrsatadi. 
Bir biri bilan va atrof muhit bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan organizmlarning 
populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. 
Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz – bir — biriga bogʻliq biotik va abiotik 
tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir. 
Biogeosenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar 
(fotosintezlovchi yashil oʻsimliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda 
geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburugʻlar, koʻpgina bakteriyalar, viruslar) 
biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi 
gaz va issiqlik resurslari, quyosh energiyasi, tuproq va uning suv mineral resurslari 
esa jonsiz komponentlarga kiradi. 
Har bir biotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv 
rejimi, oʻsha joyda oʻsib unadigan oʻsimlik va hayvonlar bir-biriga monand va oʻzaro 
bogʻlangan boʻladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi 
A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev 
ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeosenoz tarkibiga 
odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeosenoz taraqqiy etib va oʻzgarib turadi. 
Bu oʻzgarishlar kishilar, muhit va hattoki uzoq kosmosning ham taʼsiri ostida roʻy 
beradi. Beogeosenozni oʻrganish qishloq xoʻjaligi va ayniqsa, oʻrmon xoʻjaligini 
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali oʻtadigan energiya 
oqimiga bogʻliqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki mahsulotlarni hosil 
qiluvchi biotik komponentlar tomonidan oʻzlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar 


tomonidan organik modda sifatida toʻplaydigan energiya tezligi birlamchi mahsulot 
deb ataladi. Bu eng muhim parametr boʻlib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga 
bogʻliq boʻladi. 
Maʼlumki, oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda boʻladi. 
U koʻpincha geografik kenglikka, oʻsimliklar qoplamining taraqqiyot darajasiga 
bogʻliq. Oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasining taxminan 95 — 99% shu 
zahotiyoq qaytariladi, u yoki issiqlikka aylanadi yoki suvni bugʻlatishga sarf boʻladi 
va faqatgina 1 — 5% xlorofill tomonidan qabul qilinib organik molekulalarni hosil 
qilishga sarf boʻladi. Oʻsimliklar qabul qilgan energiyaning taxminan 20% nafas olish 
yoki fotonafas olishga sarf boʻladi. Undan qolgan energiyaning organik moddalarni 
hosil qilishga ketgan qismi sof birlamchi mahsulot deyiladi. (S.B.M.). 
Birlamchi mahsulotning mahsuldorligi yozda qishga nisbatan koʻp boʻladi. Bir 
organizmlarni ikkinchi organizmlar yeganda (isteʼmol qilganda) ovqat (modda va 
energiya) bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga oʻtadi. Hazm qilinmagan ovqat 
keyinchalik chiqarilib tashlanadi. Ovqat hazm qilish organlari boʻlgan hayvonlar 
qoldiqlarni ekskrementlar (chiqindilar) sifatida tashqariga chiqarib tashlaydi. Bu 
chiqindilar tarkibida ham maʼlum miqdorda energiya saqlanadi. 
Hayvonlar ham, oʻsimliklar ham nafas olgan vaqtlarida energiyaning maʼlum bir 
qismini yoʻqotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovqat hazm qilishdan hamda 
chiqindilardan qolgan energiya oʻsimlik va hayvonlarning oʻsishi, koʻpayishi va hayot 
faoliyatini taʼminlashga sarf boʻladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan 
(toʻplangan) organik moddalar miqdori ikkilamchi mahsulot deb ataladi. 
Ovqat zanjirining har bir boʻlimi (zvenosi)da bir qism energiya yoʻqoladi. Demak 
ovqat zanjirining uzunligi koʻpincha shu energiyaning yoʻqolishi bilan chegaralanib 
turadi. 
Oʻsimliklar tomonidan qabul qilinadigan yorugʻlik energiyasi miqdorining 
dastlabki sof mahsulotga boʻlgan nisbati ancha kattadir. Energiyaning keyingi bir-
biriga berilishi (oʻtishi) birlamchi oʻtishga nisbatan ancha natijalidir. Masalan, 
oʻsimliklardan oʻtxoʻr hayvonlarga oʻtadigan energiyaning oʻrtacha effektivligi 10% 
ni tashkil qilgan holda, hayvonlardan hayvonlarga oʻtadigan energiyaning effektivligi 
20% boʻladi. Umuman, oʻtxoʻr hayvonlarda yirtqichlarga qaraganda hazm qilish 
effektivligi past boʻladi. Buning sababi shuki, oʻsimliklarda koʻproq yogʻochlik va 
selyulloza boʻlib, hayvonlar organizmida yaxshi hazm boʻlmaydi, energiya manbai 
boʻlib hisoblanmaydi. 
Nafas olish jarayonida yoʻqotilgan energiya boshqa organizmlarga oʻtmaydi. 
Ekskrementlarda metabolizm qoldiqlaridagi energiya esa detritofag va redusentlarga 
oʻtadi hamda ulardagi energiyalar ekosistemada qoladi. Detrit zanjirlari oʻlik 
organizmlar va oʻsimliklar qoldiqlaridan boshlanadi (toʻkilgan barg va poyalar). 
Toʻgʻridan-toʻgʻri detritlarga va redusentlar ozuqa zanjiriga oʻtuvchi dastlabki toza 
mahsulotlar hamma ekosistemalarda ham bir xilday emas. Oʻrmon ekosistemalarida 
dastlabki mahsulotlarning koʻp qismi detrit zanjiriga oʻtadi. Shu sababli oʻrmon 
ostidagi qoldiqlar konsumentlar aktiv faoliyati uchun qulay sharoitdir. Biroq dengiz 
ekosistemalarida ham intensiv foydalanadigan yaylovlarda dastlabki mahsulotning 
yarmidan koʻpi yaylov ozuqa zanjiriga qoʻshilishi mumkin. Detrit zanjirlari yaylov 


zanjirlariga qaraganda kamroq oʻrganilgan. Biroq energiya oqimi nuqtai nazaridan 
qaralganda ularning ahamiyati yaylov zanjiriga nisbatan koʻp boʻlsa koʻp, oz emas. 
Agar ekosistema stabil (oʻzgarmaydigan) boʻlsa, unda umumiy biomassaning 
hajmi koʻpaymaydi. Yaʼni yilning boshida qancha boʻlsa, oxirida ham shunchaligicha 
qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda boʻlgan hamma energiya har xil trofik 
darajadagi organizmlardan oʻtadi va natijada uning toza mahsuldorligi nolga teng 
boʻladi. 
Koʻpincha ekosistemalar oʻzgarib turadi. Masalan, yosh oʻrmonlarda oʻsimliklar 
vegetatsiya davrining oxiriga borib toʻplangan energiyaning bir qismi oʻsimliklar 
biomassasining ortishiga olib keladi. Oʻsimliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan 
davrlar (bahor, yoz)da dastlabki mahsulot koʻp boʻladi, ikkilamchi mahsulotning 
ortishi esa keyinroq kuzatiladi. 
Ekosistemaga tushuvchi energiya oqimlaridan foydalanib, inson uchun kerak 
boʻlgan energiya va ovqat manbaini koʻpaytirishda foydalanish mumkin. 
Ilmiy analizlar yordamida oʻsimliklarni oʻstirish agrotexnik qoidalarni 
takomillashtirib ularni mahsuldorligini oshirish mumkin. Har bir trofik darajada 
energiya yoʻqolar ekan, demak hamma narsani isteʼmol qiluvchi (odamlarda ham) 
organizmlar uchun ekosistemadan samarador energiyani ajratib olish usuli — bu 
oʻsimliklar hisoblanadi. Biroq, bu yerda boshqa omillarni ham eʼtiborga olmaslik 
mumkin emas. Masalan, hayvonlar oqsilida koʻpincha almashtirib boʻlmaydigan 
aminokislotalar boʻladi. 
Bundan tashqari, oʻsimlik oqsillari hayvon oqsiliga qaraganda qiyinroq hazm 
boʻladi va pirovardida shuni aytish kerakki, bir qancha ekosistemalarda madaniy 
ekinlarni parvarish qilish va moʻl hosil olish qiyin boʻlganligi sababli, bu 
ekosistemalardagi hayvonlar oʻzlari uchun kerakli ozuqani katta maydonlardan 
oladilar. Ana shunday ekosistemalarga dasht, Oʻrta Osiyoning choʻl zonasi, bugʻilar 
yashaydigan tundra zonalarini misol qilib olish mumkin. 

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling