Mavzu: Yoshlar tarbiyasida mahalla instutitening rolini oshirish Reja: Yoshlar tarbiyasida oilaning o'rni


Download 112 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi112 Kb.
#1240238
Bog'liq
Yoshlar tarbiyasida mahalla instutitening rolini oshirish


Mavzu: Yoshlar tarbiyasida mahalla instutitening rolini oshirish
Reja:

  1. Yoshlar tarbiyasida oilaning o'rni

  2. Yoshlar tarbiyasida mahallani o’rni

  3. Yoshlar tarbiyasida instutitening rolini oshirish

Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg'ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo'lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o'sib-unayotgan bolalarimizga bog'liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'sha oila, o'sha mahalla gullab-yashnaydi.
Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi. Ko'pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug'ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug'ullanish lozim, deb javob bergan.
Oila, odob-axloq va ta'lim-tarbiyaga e'tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo'shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o'zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog'lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko'chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o'tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to'g'ri yo'lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go'zal xulqli bo'lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.
Oiladagi muhit ota-ona o'z ma'suliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo'ladi. Bolalarning odobli bo'lib ulg'ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida ko'rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz.Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o'zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo'ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o'z odatlari bilan ba'zan o'zlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qo'pol munosabatlar, ko'p yolg'on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni keltirib chiqaradi.
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o'rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo'pol, dag'al so'zlar eshitib, kaltak yeb katta bo'lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida oiladagi nosog'lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma'naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” ta'siriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib, yangi xalq va urf-odatlarni guvohi bo'lib qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda g'arb o'smirlari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zo'ravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni hozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz hatti-harakatlarga ruju qo'yishdan hech kim qaytarmasligini aytib berishmoqda.
Inson hayoti davomida biror shaxsni o'ziga o'rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak cho'qqilarga chiqishni ko'zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a'zolari o'z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini o'rnak qilib olishlari ko'p muammolarni keltirib chiqarmoqda.
XXI asrda turli hayot tarzlari va g'oyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat o'zligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bo'lishi lozim. Aks holda, o'zlikni yo'qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yo'q manqurtga aylantirib qo'yadi. Hozirgi kunda g'arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi millatlarning o'zligini yo'qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yo'naltirilgan.
Albatta bola tarbiyasi o'ta murakkab va ma'suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o'z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bo'lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko'rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.
Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va ko'lamini oshirish talabini qo'yadi.
Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz o'z farzandlaringizni tartib-intizomga o'rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.
Bolalarni intizomga o'rgatish oila mustahkamligiga asos bo'ladi. Islom shu ma'noda ota-onalarni o'z farzandlariga sog'lom tarbiya berishga rag'batlantiradi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb ta'kidlangan.
Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o'ta e'tiborli bo'lish lozim.
Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq masalalarga alohida o'rin berilgan.
Sharq allomalari o'z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta'lim berish, uni ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor berganlar.
Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, go'zal axloqning inson kamolotiga sabab bo'luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “al-Adab al-mufrad hadislar to'plami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g'ofiliyn” asarlarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish tarannum etilgan.
Yurtimiz ulamolari o'z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni muntazam ravishda husni xulq asosi bo'lgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida ta'kidlaganlar:
- farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinso'z, muloyim, bosiq va kamtar bo'lishiga e'tibor qarating;
- odamlar xursandchiligini baham ko'rish, g'am-anduhidan qayg'urish, mol-mulkiga xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bo'ling;
- farzandingizga o'zgalar bilan muomala chog'ida boshqalarni g'iybat qilish, o'zgalarni mensimaslik, obro'si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat ko'rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring;
- yoshi ulug' kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning ko'ziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering.
Ota-bobolarmiz azaldan o'g'il qizlarning go'zal xulqli, odobli bo'lishiga katta ahamiyat berganlar. Binobarin, islom dinida ham axloq imon qatoriga qo'yiladi.
Farzand tarbiya qilganda odatda o'g'il bolalar tarbiyasi bilan ko'proq ota, qiz bola tarbiyasi bilan esa ona shug'ullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani ko'rishga shoshmaslik kerak. Masalan ikki yoshgacha faqat shirin so'z bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha bola atrofni o'rganadi, asosiy ma'lumotni shu yosh oralig'ida egallaydi. Bu davrda biz ko'proq amaliy jihatdan namuna bo'lishga urinishimiz, sog'lom oilaviy muhitni yaratishimiz zarur bo'ladi.
Oilada otaning bolalariga loqayd bo'lishi oxiri xunuk oqibatlarga sabab bo'ladi. Loqaydlik yomon illat bo'lib, u bola tarbiyasining buzilishiga katta yo'l ochadi. Ota sustkashlik qilib, burchini ado etmagani va manfaatli ilm hamda yaxshi amalni o'rgatmagani oqibatida o'z farzandidan zarur ijobiy hislatlarni shakllantira ololmagan. Farzand ham otasining yaxshi tarbiyasidan mahrum bo'lib o'sadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi. Bu davr o'smirlik payti bo'lib, bola oq-qorani ayni shu davrda ajratadi. Yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichdan o'rganadi. Bu davrda farzand to'g'ri yo'lga solinsa, tarbiyali do'stlarga hamroh qilinsa, uning odobli bo'lib, yaxshi inson bo'lishi uchun muhim qadam qo'yiladi.
Odatda onalar o'z bolalarining xato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar. Aytsam urishadi, bolamga qattiq tegadi deb, yo'l qo'ygan xatolari, qo'l urgan yomon ishlarini otaga aytmaydilar. Oqibatda bola o'z vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq jinoyatlarni ham qo'rqmasdan qilaverishi mumkin.
Mehr-muhabbat berishda ham me'yorni saqlay bilish kerak. bolaning barcha aytganlarini qilish, barcha to'g'ri-noto'g'ri xatti-harakatlarini ma'qullash yoki xatto indamaslik farzandning umuman tarbiyasiz bo'lib o'sishiga olib keladi. Ortiqcha taltaytirib erkalash bolani har jihatdan sustlashtirib qo'yadi, mehr ko'rsatish esa uni yanada faol bo'lishga undaydi. Erka o'sgan bola faqatgtna shaxsiy manfaatlarini ko'zlaydigan, ma'suliyatsiz bo'lib voyaga yetadi. Shuning uchun farzandning barkamol inson bo'lib yetishida onaning xizmati juda zarur va muhimdir. Bolalik chog'ida farzandning qalbi o'ta yumshoq va ta'sirga beriluvchan bo'ladi. Shu bois diniy ta'limotlarda bolalarni mehr bilan erkalash, farzandning bolalik davrini xursand o'tkazishga alohida e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, qiz bolaning ko'ngli nozik bo'lishini hisobga olib, ularga alohida mehr ko'rsatishga chaqiriladi. Diniy ta'limotlarda ota-ona o'z farzandlariga ta'lim-tarbiya berishi ham dolzarb vazifalardan deb qaraladi. Bu haqda Muhammad (alayhissalom):
“Farzandlaringizga ta'lim bering, chunki ular sizniki bo'lmagan vaqt uchun tug'ilganlar”, deb har bir ota-onani bolaning o'z zamonasi ilm-fani, ta'limiga befarq qaramaslikka chaqirganlar.
Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso'zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo'lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta'limni ham g'azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma'qul. Zero, zo'rlab berilgan ta'lim bola xotirasidan tezda o'chib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so'nishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, ta'limning avvali ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi.
Islom ta'limotida yosh avlodning jismonan sog'lom va baquvvat bo'lib ulg'ayishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Bu haqda Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, qizlarga ip yigirishni o'rgatinglar”, deganlar.
Bugungi kunda farzand tarbiyasida ijtimoiy muammolardan; uyali telefonlardagi tajovuzliklar hamda Ijtimoiy tarmoqlar to'ri tabora avj olmoqda. Ushbu zamonaviy kommunikatsiya vositalari muhim aloqa vositalari bo'lishi bilan birga ba'zi ma'naviyati to'liq shakllanmagan sust yoshlarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoq ta'siriga tushib qolgan yoshlarga ota-onalar, o'quv muassasalari bilan birgalikda yondoshib aloqa vositalarining asl mohiyatini tushuntirib berishlari lozim.
Tarbiyadan tashqaridan bo'ladigan salbiy ta'sir bu, eng katta xatardir. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo'l qo'yilmagach, u o'z qiziqish va rag'batlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan izlay boshlaydi. Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e'tibor qaratishi talab etiladi. Ya'ni, ular farzandi maktab yoki kollejdan keyin qaerga borishi, nima bilan shug'ullanishini nazorat qilish lozim.
Farzandga bilim olish uchun sharoit yaratish ham ota-onaning vazifasidir. Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Ilm olish har bir musulmon va muslima uchun farzdir”, deb marhamat qilganlarida, o'g'il va qiz farzandlarimizga ilm olish uchun barobar sharoitni ta'minlash kerakligini nazarda tutganlar.
Yosh avlod yetuk va komil shaxs bo'lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo'lsa “kitobxonlik”. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilingan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar, “Aybuk” tarzidagi kitob-kafe do'konlari va boshqalar so'zimizning yaqqol misolidir.
Ota-ona farzandiga vaqtni unumli o'tkazishni o'rgatishida vosita sifatida foydalanishi mumkin bo'lgan usullardan yana biri-zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir.
Ota-ona bolada estetik tarbiya, go'zal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni o'zi bilan birga tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida go'zallik latofatini singdirishi muhim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma'naviy immunitetli, o'zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o'zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e'tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta'sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo'ladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o'z ota-bobolariga, o'z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an'nalariga sodiq bo'lib kamol topishsin.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida mahallaning rolini kuchaytirish, huquq va vakolatlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahalla azaldan tarbiya maskani, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Mustaqillikyillarida mahallaning nafaqat shakli, balki, mohiyati ham o‘zgardi, vakolat hamda vazifalari ko‘lami kengaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda fuqarolar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotir.
Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan mingdan ziyod mahallada ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Qumqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshloq tumanidagi namunali mahallalardan biri. 2 ming 500 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahalla mustaqillik yillarida zamonaviy qiyofa kasb etib, tobora chiroy ochmoqda. Keng va ravon ko‘chalar, ko‘rkam uy-joylar obodlikdan, orastalikdan nishona. Mahallada vaqtini bekor o‘tkazadigan kishini uchratmaysiz. Kimdir do‘ppi, adras to‘qish bilan mashg‘ul bo‘lsa, boshqasi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Tomorqadan yaxshi daromad olayotgan oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
– Mahalla ma’naviyat maskani, ahillik qo‘rg‘onidir, – deydi “Qumqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muhammadjon Rustamov. – Oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, jamiyatda mehr-oqibat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlashda mahallaning o‘rni tobora ortib bormoqda. Mahallamizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, oilalarni mustahkamlash, bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirishda mahalla qoshidagi komissiyalar hamda keksa avlod vakillari tajribasidan samarali foydalanilmoqda. “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, yoshlarni turli yot g‘oya va illatlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etayotir. Davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida“Bola tarbiyasi – kelajak mevasi”, “Ilm ol, hunar o‘rgan”, “Tanlagan kasbing – sening kelajaging” kabi mavzularda o‘tkazilayotgan tadbir va tanlovlar ham samarali bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida, yuksak fazilat sohibi etib tarbiyalash katta mas’uliyat talab etadi. Ushbu mahallada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Jumladan, nuroniylar, ibratli oilalar vakillari, o‘qituvchilar, shifokor va huquqshunoslardan iborat “Ota-onalar universiteti” jamoat tuzilmasi yoshlar ongu shuurini milliy hayot tarzimizga zid va zararli g‘oyalar, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
– Ochig‘ini aytish kerak, ayrim ota-onalarning nikoh va oila to‘g‘risidagi eskicha qarashlari tufayli hali hayotda o‘rin topmagan, ruhan va jismonan oila qurishga tayyor bo‘lmagan qizlarning turmushga berilishi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda, – deydi mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahodat O‘sarova. – Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirlar doirasida ota-onalar va yoshlar bilan alohida suhbatlar tashkil etilib, farzandlarining ta’lim olishi, hunar egallashi zarurligi, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari atroflicha tushuntirilmoqda.
Mahalla qoshida tashkil etilgan xotin-qizlar bilan ishlash hamda voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyati ham bu boradagi tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir.
Poytaxtimizda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ittifoqi hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan “Oila va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etishda jamoat va davlat tashkilotlari hamkorligi” mavzuida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda mahallalar mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol qatnashayotgani, fuqarolik jamiyatining muhim boʻgʻini sifatida nufuzi tobora oshib, aholining eng yaqin koʻmakchisiga aylanib borayotgani, shuningdek, mahalla va oilalar bilan bogʻliq tezlikda hal etilishi zarur boʻlgan muammolar mavjudligi alohida taʼkidlandi. Bu esa ushbu masalalarga aloqador boʻlgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari kuchini birlashtirishni taqozo etdi.
Tadbirda hamkor tashkilotlar tomonidan ыabul ыilingan Murojaatnoma ana shu hayotiy zarurat tufayli ishlab chiqildi.
Unda jumladan shunday soʻzlar bayon etilgan: “Nega ayrim oilalarda mehr-oqibat, hamjihatlik yoʻqolib, oʻzaro munosabatlarga manfaat, tama qoʻshilayotir? Nega oʻz bolasining tarbiyasiga loqayd ota-onalar koʻpayib borayotganiga indamay qarab turibmiz?! Axir, Vatan kelajagi — farzandlar tarbiyasi, kamoliga bogʻliq emasmi?
Bizda azaldan ota adolatli fikri, haq soʻzi, ibrati bilan oilaning ustuni, vijdoni boʻlib kelgan. Bejiz xalqimiz “Ota rozi — xudo rozi” demagan. Bugun ayrim oilalarda otalar oʻrni, hikmati sezilmayapti. Oilaviy munosabatlarda maʼnaviy-axloqiy muvozanatning buzilayotgani, oilaviy ajrashishlar, jinoyatlar, mulkiy mojarolar koʻpayib borayotgani hammamizni tashvishlantiradi”.
Murojaatnoma mahallalar va oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli illatlarga barham berish, oilaviy ajrashishlar va jinoyatchilikning oldini olish va boshqa dolzarb masalalarda davlat va jamoat tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.
Anjumanda mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish boʻyicha jamoat tashkilotlarining Hamkorlik dasturi tasdiqlandi.
Dastur mahallalar va oilalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish bilan bogʻliq 7 ta yoʻnalishni qamrab olgan boʻlib, biron masala eʼtibordan chetda qolmagan.
Xususan, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Koʻring, havas qiling, ibrat oling!” mavzuida davra suhbatlari oʻtkaziladi, sud va FHDYO organi binolarida “Oila burchaklari”ni tashkil etiladi. Xotin-qizlar ishtirokida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Oʻz navbatida, dasturda aholining maʼnaviy tushunchalarini boyitish, milliy-axloqiy va huquqiy tarbiyasini, boy adabiy merosimizga boʻlgan mehrini shakllantirishda mahalla institutining rolini yanada oshirish, xususan, toʻy va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilgan. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.
Bugungi kunda keng jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qilmasdan turib, xalq ichiga chuqur kirib borish amrimahol. Shundan kelib chiqib, dastur doirasida “Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qiluvchi tuzilma” tanlovini oʻtkazish belgilangan. Yakunda esa faol jamoat tashkilotlarining tajribasi keng ommalashtiriladi.
Shunday ekan, bolaning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishi uchun eng avvalo oila mustahkamligi ta‘minlanishi zarur. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz lozim. Ammo barcha vazifalarni oilaga tashlash ham noto`g`ri. Oiladagi ta‘lim-tarbiyaning to`ldiruvchi maktab va jamoatchilik mavjud. Mana shu tashkilotlarning o`zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi, xususan barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarurdir. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan ― Mustahkam oila yili Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta‘lim maskanlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har jihatdan sog’lom va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yilda ishlab chiqilgan ― Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi asosida umumta‘lim maktablari bilan o’zini o’zi boshqarish organlari va oila institutlari o’rtasida yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Bu esa o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini o’z vaqtida aniqlash, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ta‘limning keyingi bosqichiga yo’naltirishda muhim omil bo’lmoqda. Ayni paytda "oila-mahalla-maktab" hamkorligi oilalardagi ma‘naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ularda ulg’ayayotgan o’g’il-qizlarni zamon talablari asosida, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda o’z samarasini berayotir. Oila-mahalla-maktab‖ hamkorligining yosh avlod ta‘lim-tarbiyasidagi ahamiyati beqiyosdir. Yigitqizlarning oila haqidagi tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladigan Oila – muqaddas tushuncha, Oilaviy an‘analar, Ota va ona – oila tayanchi, Oilada sharqona sadoqat» mavzularidagi ma‘rifiy tadbirlar, tanlov va davra suhbatlari yoshlarimiz uchun har tomonlama foydali bo’lmoqda Ayniqsa, ta‘lim maskanlarida o’tkazilayotga Bola tarbiyasi – kelajak mevasi, Ilm ol, hunar o’rgan, Tanlagan kasbing – sening kelajaging hamda yetuk mutaxassis – kelajak mevasi mavzularidagi suhbatlar, savol-javob kechalari yaxshi samara berayotir. Ushbu tadbirlarga malakali professor-o’qituvchilar, iqtidorli talaba-yoshlar hamda ibratli oilalar vakillari jalb etilayotgani ularning ta‘sirchanligini oshirmoqda. Erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o’rtasida nikohlarning oldini olishga qaratilgan “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz 46 Volume-8, Issue-3, April - 2022 tushuntirish ishlariga ham shahar va tumanlarda alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga ma‘naviy-ruhiy tomondan tayyorlash, ularda oilaga mas‘uliyat hissini uyg’otish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham e‘tiborga sazovor. Aholiga ta‘lim tizimidagi islohotlar samaralari haqida kengroq tushuncha berish maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qoshida Ota-onalar universitetlarining faoliyatiga bag’ishlangan burchaklar tashkil etilmoqda, buklet, eslatmalar chiqarilmoqda, ular hisobotlari eshitilmoqda. [1] Darhaqiqat, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan hech kimdan kam bo’lmagan,yuksak ma‘naviyatli avlodni voyaga yetkazish yo’lidagi keng ko’lamli ishlarda oila, mahalla va ta‘lim muassasalari hamkorligining ahamiyati beqiyos. Zero, ta‘lim vatarbiyaning uyg’unlikda olib borilishi mustaqil fikrli, barkamol yoshlarni ulg’aytirishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunga nazar tashlasak ham oila, maktab, jamoatchilik hamkorligiga alohida ahamiyat kasb etadi. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.[3] Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta‘kidlaganidek: birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglash singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz 47 Volume-8, Issue-3, April - 2022 jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, elyurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ko`rsatib berganidek, [2]ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga; to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga, beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma‘naviy – axloqiy negizi – milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e‘tirof etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi: Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga mosligini ta‘minlaydi. Sog’lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz 48 Volume-8, Issue-3, April - 2022 Birinchi prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2009 yil 13 apreldagi ―Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida hamda 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan ―2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risidagi qarorlari bunday xayrli ishlarningizchilligini ta‘minlashga xizmat qilayotir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tibbiy-ijtimoiy islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Skrining xizmati qamrovining kengayayotgani, perinatal, pediatriya, akusher-ginekologiya sohalarida erishilayotgan natijalar onalik va bolalik muhofazasida yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir muhim loyiha – homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta‘minlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad – oilada sog’lom farzandlar tug’ilishini ta‘minlash va tug’ma nogironlikning oldini olishdir. Yurtimizdagi oilalarning demografik holati, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, birlamchi tibbiy-profilaktika ko’rigi qamrovini kengaytirish, istalmagan homiladorlikning oldini olishda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan tadbirlar sog`lom oilada barkamol avlodni voyaga yetishini ta‘minlaydi. Konsepsiyada oilaga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil―Oila yili deb e‘lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda qabul qilingan Ijtimoiyma‘naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risidagi 130-sonli qarori misol bo`la oladi. Shuningdek, “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz 49 Volume-8, Issue-3, April - 2022 O`zbekiston Respublikasining Ta‘lim to`g`risidagi Qonunining 30-moddasida Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, makatabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishlari uchun javobgardirlar, deb belgilab qo`yilgan. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining 3.2- bandida esa ta‘lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shartsharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi; shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish, Oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasining asosiy maqsadidir. O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar oila, mahalla, maktab hamkorligi yo`nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida [4]belgilanganidek, Oila jamiyatimizning asosiy bo`g`inidir. Haqiqatan ham oila bu jamiyatni tashkil etuvchi katta kuchdir. Jamiyat mavjudligi mana shu oilaga tayanishi hech kimga sir emas.Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Shu paytda oila insoniyatning uzluksiz naslini davom ettiruvchi bo`lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to`g`ri tarbiya berishni yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo`lmaydi. Hamma narsa, xatto eng oddiy bo`lib ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta`sir ko`rsatadi
Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling