Boborahim Mashrab (1640 1711)


Download 51 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2023
Hajmi51 Kb.
#1214628
  1   2   3
Bog'liq
Boborahim Mashrab





Boborahim Mashrab (1640 - 1711)




Adabiyot - XV - XVII asr




BOBORAHIM MASHRAB 
(1640 - 1711)

Mashrab hijriy 1050 (milodiy 1640) yili Namanganda kambag‘al kosib Valibobo bo‘zchi oilasida tug‘ilgan (yangi ma’lumotlarga ko‘ra u 1653 yilda tug‘ilgan ekan). U otasidan erta yetim qoldi. Boborahim mahalla maktabida savod chiqardi, madrasada o‘qidi, mulla Bozor Oxundga murid bo‘ldi. Mashrab yoshligidanoq majnuntabiat, qalandarvash, so‘fisifat qiyofa kasb etib boradi. 

23 yoshlarida Qashqarga - mashhur eshon Ofoqxo‘ja huzuriga boradi. She’rlarining guvohlik berishicha, u yetti yil Ofoqxo‘ja huzurida bo‘lgan. «Mashrab» taxallusini ham unga Ofoqxo‘ja bergan. Mashrab pirining bir kanizagani sevib qoladi va buni sezgan Ofoqxo‘ja Mashrabni majruh qilib, dargohidan quvib yuboradi. Shundan so‘ng shoirning qalandarona hayoti boshlanadi. 

U Namangan - Xo‘jand - Toshkent - Samarqand - Buxoro - Makka -Madina - Istanbul kabi shaharlarni kezadi. Olloh oshig‘i bo‘lgan Mashrab tasavvufning naqshbandiya tariqatiga kirib, qalandarlik yo‘lini tutdi. Mansur Halloj izidan bordi va o‘shanday o‘lishni orzu qildi, g‘azallarida tariqat odobi, maqsadi va mazmunini bayon qildi, riyokor va ta’magir shayxlarga «Xudo bersin panoh» kabi g‘azallar bitdi, Haq ishqi bilan yondi. 

«Xalq kitobi» sirasiga kiradigan «Devoni Mashrab» («Shoh Mashrab») qissasida Mashrab hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. «Shoh Mashrabning odatlari shul erdiki, har yerda go‘riston bo‘lsa, odamlarni ustuxonlarin ko‘rub, yig‘lab aytur erdilarki, ey odamizod, oxir o‘lub, boshingg‘a tushodurg‘on ish budur». Bu qissada Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy va Ofoq xoja «qutbul - olam» degan ulug‘ nom bilan atalgan. 

Mashrab Qabadiyonda So‘fi Olloyor bilan uchrashadi, 18 yil ayriliqdan so‘ng onasi va singlisi bilan diydor ko‘rishgan. U Buxoroda Mavlaviyi Sharifdan «Mushkoti Sharif» tahsilini olgan va Abdullaxonning huzurida bo‘lib, uni o‘zining karomatlari bilan lol qoldirgan. Mashrab she’rlaridagi lirik qahramon Imodiddin Nasimiyning «Manga sig‘ar ikki jahon, man bu jahona sig‘masam», - deguvchi lirik qahramoniga ma’naviy maslakdoshdir.

Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mendadur mavjud, 
Chu sultoni azaldurmanki, arshi a’loga sig‘mamdur 

- misralarida ham buni yaqqol qo‘rish mumkin.

Boborahim Mashrab 1711 yili Balhda hokim Mahmud Qatag‘on hukmi bilan dorga osib o‘ddirilgan, qabri Ishkonmish degan yerdadir.

Mashrabning tarqoq she’riy merosi 1958-1980 yillarda Abduqodir Hayitmetov, Abdurashid Abdug‘afurov, Vahob Rahmonov, Komiljon Isroilovlar tomonidan umumlashtirilib, asarlar to‘plami tarzida bir necha bor nashr etilgan.



Mashrab tasavvuf ilmida Mansur Halloj, Imomiddin Nasimiy, Alisher Navoiy izdoshi bo‘lgan. Haq va haqiqatni tanish va unga fido bo‘lish Mashrab orzusi edi. U ana shu yuksak muddao yo‘lida haqni talab qildi, uni tanidi, olloh ma’rifati unga ma’lum bo‘ldi, Ollohni sevdi, uning ishqi bilan yonib yashadi va shu e’tiqodi tufayli qurbon bo‘ldi.


Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling