Boborahim Mashrab (1640 1711)
Download 51 Kb.
|
Boborahim Mashrab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashrab
O’RTAR Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar, Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar. Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon, Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar. Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron, G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda, “Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar. Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar. Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq, Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar. Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat, Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar. Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan, Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar. Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar. XOHI INON XOHI INONMA Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma, Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma. G’am shomi firoqingda kabob etti falakni Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma. Nogah sari zulfung sori bo’ldum sanga moyil, Ey toji sarim, xohi inon, xohi inonma. La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon, Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma. Zahri g’ami hajring meni o’ldurg’ali yetti, Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma. Mashrab, bo’lubon ko’yinga chun barqi tajalli, Qolmay asarim, xohi inon, xohi inonma. MASHRABMAN Sanamning ishqida tinmay yurub, ovvora Mashrabman, Ko’zi yoshlig’, qadi xamlig’, dili sadpora Mashrabman. Ko’ngulda zarracha dunyoni mehri bo’lmayin menda, Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman. O’lib ketsam, lahad ichra so’ngakdin ketmagay darding, Jahonda topmadim choraki, men – bechora Mashrabman. Anodin qay kuni bo’ldum, sening ishqingda oh urdum, Muhabbat dashtida yurgan bo’lub ovvora Mashrabman. Muhabbat jomidin may tuttilar, ichmasga choram yo’q, Ko’zumdin qon yoshim tinmay oqar, xunbora Mashrabman. Boshimga ming balo kelsa, tilarman vaslin, ey zohid, “Tilim kessang, to’yorim yo’q, - degan, - diydora” Mashrabman. Xaloyiqlar meni quvlar, yomon deb har shahar borsam, Ajab mardud, ajab maxrum, ajab sangsora Mashrabman. O’zumni xalq aro ixfolig’imni hech kishi bilmas, Dilu jonim fido aylab, ajab ayyora Mashrabman. Meni devona Mashrabga muhabbatdin bayon aylang, Namozu ro’zadin forig’ bo’lub sayyora Mashrabman. Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling