Monologsevgi! Sening shirin tilingdan Kim o‘pmagan, kim tishlamagan? Darding yoyday tilib ko‘ksidan, Kim qalbidan qonlar to‘kmagan?Seni yaxshi bilaman, go‘zal, Petrarkani1 o‘qiganim bor
Download 26 Kb.
|
Monolog tahlil
MONOLOGSevgi! Sening shirin tilingdan Kim o‘pmagan, kim tishlamagan? Darding yoyday tilib ko‘ksidan, Kim qalbidan qonlar to‘kmagan?Seni yaxshi bilaman, go‘zal, Petrarkani1 o‘qiganim bor. Buyuk Rimning Sapfosi2 azal Xayolimni oshiqday tortar.Bilamanki, Tasso3 bechora Rohat ko‘rmay o‘tgan bir umr. Ey makkora qiz, Leonora4, Nomi qora bilan yozilgur!..Balki, guldan yaralgan pari Tosh ko‘ngilli Beatriche:5 – Gadosan, – deb qochmasa nari Dante baxtli bo‘lardi picha!Balki, Hamlet6 oydin tunlarda Ofeliyani7 erkalatardi. Balki, uzun sochini silab Azongacha ertak aytardi.Agar xiyonatni bilmasa,Ezmasa fojia yuragin!Yo‘q! Yo‘q, shoir! Gar shunday bo‘lsa,Shekspirning yo‘qdir keragi!1Petrarka – qadimgi Rim shoiri.2Sapfo – qadimgi Rim shoirasi.3Tasso – o‘tli ishq-muhabbat kuylangan asarning baxtsiz qahramoni.4Leonora – yana bir adabiy qahramon.5Beatriche – mashhur italyan shoiri Dantening sevgilisi.6Hamlet – mashhur shoir va dramaturg Uilyam Shekspirning shu nomdagi tragediyasining bosh qahramoni.7Ofeliya – Hamletning sevgilisi.38Dezdemona1, gunohsiz dilbar, Jigar qonlaringni ichgan kim? Bilaman, Otello2, bilaman, Otello haqlimi?.. Shoir – jim!..Jim!..Ufqdan botar quyoshni Shart kesilgan boshga o‘xshatdim. Parcha-parcha kuygan shafaqlar Tirqiragan qonni eslatdi!Qanday qo‘rqinch! Qanday qabohat! Mumkin emas hech qiynalmasdan! Aqlidan ozganmi muhabbat? Mumkin emas, qarshi turmasdan!Mumkin emas, ey, oliy janob, Necha yurakni aylab xarob. Shohona toj kiygan muhabbat, Mumkin emas! Qanday qabohat!Ki, odamning o‘ziniginamas, Hissini ham xarob qilsa davr! Qiynalaman!.. Yuragimda hovur... Bu – qarshilik! Yo‘q! Gina emas.Bu – qarshilik! Ko‘ring tarixni. Umr tepasida musht tuygan... Qiynalaman vijdon bilan man, Mumkin emas, qarshi turmasdan! O‘z zimmamga katta ish oldim:Ehtimolki, tamom qilmasdan – Umrim tugar. Ammo, bo‘lmaydi (Ko‘nglim o‘rniga hech tushmaydi). Senga qarshi bosh ko‘tarmasdan Asrlarni yig‘latgan sevgi!!!19331Dezdemona – Shekspirning yana bir tragediyasi – “Otello”ning bosh qahramonlaridan biri.2Otello – shu nomdagi asarning bosh qahramoni, Dezdemonaning eri.39Ishq-muhabbat jahon adabiyoti, tasviriy va qo‘shiqchilik san’ a ti, musiqasining doimiy va hech qachon ohori to‘kilmaydigan mav-zusidir. Yodingizda bo‘lsa, mashhur tatar shoiri Xodi Toq tash: “Muhabbat ul o‘zi eski narsa, Lekin har bir yurak uni yong‘orta (yangilaydi)”, – degan edi. Zero, har bir inson balog‘at yoshiga yetar ekan, uning qalbiga avval notanish bo‘lgan ajib bir his – muhabbat hissi, albatta, mo‘ralaydi. Insonning o‘zi kabi inson go‘zalligiga, latif chiroyiga, qalb xazinasiga bo‘lgan qiziqishi bosh ko‘taradi. Ikki yosh bir-birini ko‘rgisi, ko‘zlariga termilgi-si, uzoq-uzoq suhbatlar qurgisi keladi. Odam bolasi sevgisi, se-vilgisi keladi. Usmon Nosir hayoti va ijodi to‘g‘risida avvalgi darsda o‘qiganingiz ma’lumotda bu shoir haqidagi Turob To‘laning taassuroti bilan tanishgan edingiz. Uning gaplariga yana bir e’tibor bering:“Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi...”Usmon Nosirning “Monolog” she’ri bu krni yana bir bora tasdiq laydi. She’r lirik qahramoni shunga qadar hamma qulluq qilib turgan, ta’ri ga hamd-u sano keltirayotgan sevgiga... qarshi bosh ko‘taradi.Uning nazdida, bu tuyg‘u ne-ne insonlarni sarson-sargardon qildi. Ular orasida Petrarka va Sapfo ham, Tasso va Dante ham, Hamlet va Otello ham bor. Shoir:Aqlidan ozganmi muhabbat? Mumkin emas, qarshi turmasdan! –der ekan, bu qudratli kuch, bu yengilmas his qarshisiga mardona chiqadi. Shu yerda shoir o‘zi qarshi borayotgan hodisaning mohi-yatiga aniqlik kiritadi. Zero, u umuman sevgi-muhabbatni emas, balki insonning shunday mo‘tabar, nozik tuyg‘ularini xo‘rlagan, sevgining qo‘llariga xanjar tutqazgan davrni qoralaydi:Ki, odamning o‘ziniginamas, Hissini ham xarob qilsa davr! 40Qiynalaman!.. Yuragimda hovur... Bu – qarshilik! Yo‘q! Gina emas.Agar gap faqat sevgining o‘zidagina bo‘lsa edi, lirik qah-ramon gina-yu araz bilan cheklanishi mumkin edi. U alohida urg‘u beradiki, “Bu – qarshilik! Yo‘q! Gina emas!”...Shoir bu masala naqadar chigal, balki yechimsiz ekanini teran his qiladi. Ko‘ngil ishi, ishq mojarosi “ikki karra ikki – to‘rt” qabilida hal bo‘lmasligini, bu masalada gunohkorni topish amrimahol ekanini yaxshi anglaydi.Siz ham o‘ylab ko‘ring, masalan, Kumushbibi (Abdulla Qodiriy ning “O‘tkan kunlar” romani qahramoni) fojiasida kimni aybdor qilib ko‘rsatamiz? Zaynabnimi, O‘zbek oyimnimi, Ota-beknimi... kimni?Bu murakkab holatni Usmon Nosir quyidagi misralar bag‘riga singdiradi:Agar xiyonatni bilmasa,Ezmasa fojia yuragin!Yo‘q! Yo‘q, shoir! Gar shunday bo‘lsa,Shekspirning yo‘qdir keragi!..Xulosa qilib aytganda, “Monolog” she’ri sevgi-muhabbat mavzusi mutlaqo yangi nuqtayi nazardan turib yoritilgan, talqin etilgan o‘lmas asar hisoblanadi. Nafaqat u yozilgan payti, to hozirgacha ko‘ngliga muhabbat hissi ingan yoshlar beixtiyor shu she’r misralarini eslaydilar, boshqaga eshittirmay pichirlaydilar.She’riyatning, Usmon Nosir poeziyasining kuchi, jozibasi, “yuqumliligi” ham aynan mana shularda ko‘rinadi. Download 26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling