OLIY VA O‘RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI “ELEKTROTEXNIKA, ELEKTROMEXANIKA VA ELEKTROTEXNOLOGIYALAR ” KAFEDRASI “ELEKTR TEXNIK MATERIALLAR” FANIDAN MA’RUZALAR - 1-Mavzu.Elektr texnik materiallar faniga kirish.
- Reja
- 1. Dielektriklarning qutblanishi. Elektr maydondagi dielektriklar. Elektr statikaning asosiy qonuni (Kulon qonuni).
- 2. Qutbli va qutbsiz dielektriklar. Dielektrik qutblanishining asosiy turlari. Dielektriklarning dielektrik singdiruvchanligi
- 3. Fanda talabalar e’tiboriga quydagilar xavola etiladi va o‘rgatiladi: Elektr texnika materiallari xossalarining 4 guruhga bo‘linishi.
Elektr texnik materiallar asosan 4 turga - o‘tkazgich - dielektrik - yarim o‘tkazgich - magnit materiallariga bo‘linadi. O‘tkazgichlar - Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali uzatuvchi uzatgichlar bilan iste’molchilarga yetkazib berishda o‘tkazuvchi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o‘tkazuvchanlikka ega sof metallardan tayyorlanadi.
- Agar metallarning qarshiligi katta bo‘lishi talab etilsa, u holda metallar aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi.
Dielektriklar
Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega bo‘lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko‘p turdagi organik va anorganik materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo‘lishi mumkin.
Dielektrik - Dielektrik - shunday jismki, uning taqiqlangan xududi shunchalar kattaki, оdatdagi hоlda elektrоn o‘tkazuvchanlik kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |