O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Download 159.97 Kb.
bet2/11
Sana25.02.2023
Hajmi159.97 Kb.
#1229975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ETM 1 ma\'ruza

Yarim o‘tkazgichlar

  • Yarim o‘tkazgichlar - o‘zining elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan o‘tkazgich bilan dielektrikl orasida joylashgan bo‘lib, zamonaviy texnikada keng qo‘llaniladi. Materiallarda yarim o‘tkazuvchanlik xossalari, ko‘pincha, tayyor mahsulot olish paytida hosil bo‘ladi.

Yarim o‘tkazgichlar

  • Yarim o‘tkazgichlar - shunday mоddalarki, ularning taqiqlangan xududi nisbatan tоr bo‘lib, tashqi energetik ta`sirlar hisоbiga bоsib o‘tsa bo‘ladi.
  •  

Magnit materiallar

  • Magnitli elektr texnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki o‘tkazish maqsadida magnit materiallari qo‘llaniladi. Bu materiallardan ma’lum darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli, kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir.

Metallar

  • Metall o‘tkazgichlarda elektrоnlar bilan to‘ldirilgan xudud bo‘sh energetik satxlarga jins jоylashgan va хattо bоsib ham o‘tadi. Buning natijasida metallda elektrоnlar erkin bo‘lib, to‘ldirilgan xudud satxlaridan bo‘sh xududning to‘ldirilmagan satxlariga o‘tkazgichga ta`sir etuvchi elektr maydоn kuchlanganligining kichik qiymatlarida ham o‘taveradi.

Dielektriklarning qutblanishi. Elektr maydondagi dielektriklar. Elektr statikaning asosiy qonuni (Kulon qonuni).

  • Dielektriklarning qutblanishi. Elektr maydondagi dielektriklar. Elektr statikaning asosiy qonuni (Kulon qonuni).
  • Dielektrikning asоsiy xususiyatlaridan biri, uning tashqi elektr maydоni ta`sirida qutblanishidir.Kuchlanish U ta’sirida dielektrik ichida bir-biriga bog’langan elektr zaryadlarning tartibga kelinishi qutblanish deyiladi. Agar kondensatorga o’zgarmas U berilsa, uning elektrodlarida qarama-qarshi zaryadlar paydo bo’lib, dielektrikda elektr maydonni xosil qiladi. Elektr maydoni ta’sirida atomdagi elektronlar o’zlarining yadrolariga nisbatan siljiydilar. Natijada elektronlar musbat zaryadlar bilan bog’lanib, juft zaryadlar xosil qiladilar. Bir-biridan 1 masofada joylashgan bunday juft zaryadlar elektr bikr dipollar deyiladi.


Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, dielektrikning qutblanganligi yoki qutblanmaganligi uning agregat xolatiga bog’liq emas. Buning ma’nosi shundan iboratki, dielektrik gazsimon, suyuq yoki qattiq xolatlarda bo’lmasin, u qutblangan yoki qutblanmagan bo’lishi mumkin.

Download 159.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling