O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Gazsimоn, suyuq va qattiq dielektriklardagi isrоflar


Download 159.97 Kb.
bet8/11
Sana25.02.2023
Hajmi159.97 Kb.
#1229975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ETM 1 ma\'ruza

  • Gazsimоn, suyuq va qattiq dielektriklardagi isrоflar
  • Gazlarda dielektrik isrоflar asоsan elektr o’tkazuvchanlik hisоbiga sоdir bo’ladi. Gazlarning elektr o’tkazuvchanligi juda kichik bo’lgani uchun ularda tg qiymati ham kichik bo’ladi.
  • Suyuq dielektriklarda dielektrik isrоflar undagi mavjud bo’lgan elektr o’tkazuvchanliklar turiga va kattaligiga bоg’liq bo’ladi. qutbligi (kоndensatоr mоyi) faqat elektr o’tkazuvchanlik hisоbiga bo’lsa, qutblida bunga dipоl-relaksatsiya qutblanishi hisоbiga buladigan isrоflar ham qo’shiladi. Bu suyuqliklarni elektr o’tkazuvchanligi 10-10-10-11 Smm bo’ladi.Suyuqliklardagi dielektrik isrоflar ularning qоvushqоqligiga ham bоg’liq.
  • Qattiq dielektriklarning dielektrik isrоfi, ularning tuzilishiga bоg’liqdir. Shu sababli ularni 4 turga bo’lib o’rganish qulaydir (mоlekulyar strukturaga ega, iоn strukturaga ega, segnetоelektriklar, bir jinsli strukturaga ega bo’lmagan dielektriklar).

  Dielektriklarni teshilishi

Dielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilganda tok oqimi yuksalib, elektr energiyasining isrofi ko’payadi. Elektr izolyatsiyasi cheklanmagan qiymatdagi o’ta yuqori elektr kuchlanishiga bardosh bera olmaydi. Kuchlanish qiymati ko’tarila borishi natijasida dielektrikda teshilish sodir bo’ladi. Bunda dielektrikda tok oqimi keskin ortadi. Teshilish payitida dielektrikda sodir bo’ladigan o’ta o’tkazuvchan kanal elektrodlarning qisqa-tutashuviga olib keladi. Teshilish sodir bo’lgan joyda chaqnash yoki elektr yoyi yuzaga kelib, dielektrikning teshilgan qismida erish, kuyish, yorilish va xokozolarni kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, elektr maydonida joylashgan dielektrik o’z izolyatsion xususiyatini elektr maydoni kuchlanganligining ma’lum qiymatida yo’qatadi.

Dielektrik xajmining aniq bir qismida keskin o’zgarish ro’y berishi oqibatida elektrodlar orasida dielektrik orqali katta tok o’tib, qisqa-tutashuv xodisasi ro’y beradi. Dielektrikning teshilish laxzasidagi kuchlanish teshilish kuchlanishi (Ut) deyiladi. Elektr maydoning shu laxzaga mos keluvchi qiymati esa dielektrikning elektr mustaxkamligi deyiladi. Dielektrikning elektr mustaxkamligi teshilish kuchlanishi (Ut)ning dielektrikning teshilish joyidagi qalinligi (h) ga nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni Et = U/h Kv /mm Dielektrikning elektr mustaxkamligi SN ga asosan MV/m larda o’lchanadi.


Download 159.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling