O`zb tarix 11 узб indd
Download 166.34 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Mavzu. Umumiy, o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim tizimi Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi. Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yilla- rida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muas- sasalar tasarrufidagi uylar bepul xusu- siylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. Qish- loqlarda istiqomat qiladigan pedagog Maktab binosi. 1991–2000 yillar. xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan ozod etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik, kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi. 1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila boshlandi. I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf); II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf); III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalq ta’limi vazirligi O‘z R ta’lim turlari ↓ Vil XTB ↓ Tum XTB ↓ Shah XTB ↓ Yodda tuting! 1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda. O‘zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosati 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi. 1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart- sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab, yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari Umumiy ta’lim maktablari Maktabgacha ta’lim muassasalari Malaka oshirish institutlari OTM (5) Download 166.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling