nazariyalar yangi qo’zg’atuvchilar, drayvalar paydo bo’lishiga asoslangan bo’lib, ular
insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg’unlashuvi
tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko’ra, ikkilamchi qo’zg’ovchilar organik
qo’zg’atuvchilarning go’yoki qobig’iga o’xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-
1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni
asoslash uchun tug’ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqyelikni bog’lab
tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug’ma instinktlar ham insonlarga, ham
hayvonlarga bir tekis taalluqli bo’lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik
esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib
qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega:
1. Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug’ullanib va xulq
printsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq
motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa
chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabhada
yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib
ketadi.
3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo’lgan xulqning umumiy
printsiplarini topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o’ziga
xosligini yo chetlab o’tadilar yoki o’ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar.
5. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga
asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi
motivatsiyasiga ko’chirish ishonchli dalillarga ega emas.
6. Inson motivatsiyasini o’rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning
tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug’ma ehtiyojlar
kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |