Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Psixoanalitik kontseptsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson 
mayllariga xosdir, degan g’oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi qaysidir 
organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi. 
Z.Freydning kontseptsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o’rtasida 
hyech qanday tafovut yo’qdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq 
motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbai 
instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif 
individning energetik potentsiyasi sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, 
Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» 


56
tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchiq Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni 
tug’ma va o’zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, 
ko’rsatkichlari unga hyech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv 
shakldagi mutlaqlashgan qo’zg’ovchilarni nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Ushbu 
qo’zg’atuvchilar (turtkilar) ning impulsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati
notanqiydiylik, ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik 
xususiyatlarini mutlaqlashtirish bo’lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy 
darajadagi qo’zg’atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta’kidlab o’tgan dinamik xususiyatlar va 
xossalari mohiyatida motivatsiyaning chuqur asosiy manbasini ko’radi. Uning 
kontseptsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning 
transformatsiyasi ustuvor o’rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida neofreydistlar 
hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o’tamiz. 
A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati 
maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari hukumatga va qudratga erkdir. Xorni, 
Fromm va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan ma’lumotlar mohiyati Freyd 
tomonidan kiritilgan psixika tushunchasi va uning harakatlantiruvchi nazariyasini 
almashtirishga intilish yaqqol ko’zga tashlanadi. Xorning nuqtai nazaricha, inson 
qanchalardir tug’ma kuchlarga ega bo’lib, uning negizi bolalarcha yordamga 
muhtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi bezovtalanish tuyg’usida va tug’ma 
qo’rqinch hissida o’z ifodasini topadi. Xorning ta’kidlashicha, inson xulqining 
motivatsiyasi boshqa motivlar yordami bilan aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi 
bezovtalanish (bolalarcha yordamga muhtojlik keltiruvchi) atrof-muhitga nisbatan 
dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar 
tomonidan baholash va o’z-o’zini baholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. 
Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni 
qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro 
ta’sir o’tkazish jarayonidir. Insonni individualizatsiyalash unda tanholik hissini vujudga 
keltirishga olib keladi, shuningdek, o’z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tanholik 
hissiyotidan forig’ bo’lishga intilish tuyg’usi inson motivatsiyasini va uning xulq 
shakllarini aniqlaydi. Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir qiluvchi 
intim omillariga va uning motivatsiyasiga muayyan darajada ahamiyat berilgan bo’lsa-
da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida anglashilmagan tug’ma 
kuchlar asosiy o’rinda turadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling