Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-
harakatlar va operatsiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o’zining predmeti va motiviga 
ega bo’lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o’rtasida mutanosiblik (moslik) 
vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma’nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir 
talaba imtihondan (reytingdan) o’tish uchungina birlamchi manbalarni o’qiydi, lekin 
boshqasi esa o’zini tekshirish va haqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. 
Birinchi holatda talaba yoki o’quvchida motiv imtihonga qaratilgan bo’lib, o’quv 
predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-
harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda 
esa motiv o’quv predmetini o’zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi 


60
faoliyatiga o’sib o’tadi (Ye.G’. kursiv bizniki: bu mezon vazifasini o’taydi), degan 
fikrga kelishga kafolat beradi.  
5.2. Motiv muammosi va uning yechimiga doir mulohazalar 
Sobiq sovet psixologiyasi motivlar muammosini dialektik materializm 
printsiplariga asoslanib tadqiqodlangan. Bu esa eng avvalo motivlar tizimi inson hayoti 
va faoliyatiga murakkab tuzilgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushunishni 
bildiradi. Mazkur yo’nalishga daxldor psixologlar o’rtasida shaxsning faolligi, ongning 
faolligi haqidagi g’oyalar keng tarqalgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan 
tizimning inson borliqni aks ettirishdagi asosiy rolini ko’rsatib, shunday mulohazalarni 
ta’kidlab o’tadi: birinchi bo’lib kuzatish obyektlari emas, balki ehtiyoj obyektlari va 
inson xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o’ziga 
xosligi ham shunday tuzilgan va u o’zi xohlagan borliqning elementi va holatini 
belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol 
motivatsion xususiyatini ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya. S.L.Rubinshteyn «ong-bu 
faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir» 
deb yozadi.
Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi 
psixologlar tomonidan tezkorlik bilan hal qilish, yechish, tekshirish, tadqiq etish zarur 
bo’lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling