Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
motivatsiya
– bu individni faollikka undovchi hamda uning yo‘nalishini belgilovchi motivlar majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tuushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motiv – lotincha “movere” – harakatga keltirmoq, turtki bermoq ma’nosini anglatib, u asosan uch xil mazmunni anglatadi: ✓ sub’ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash; ✓ faoliyatning predmetiga aloqador faollikning yo‘nalishini belgilovchi kuch; ✓ shaxs tomonidan biror xatti-harakat yoki xulq-atvorning tanlanishiga aloqador anglangan sabab. Demak, motiv – bu undov, yo‘naltiruvchi kuch va sabab tariqasida shaxsning ongli hamda ongsiz faolligi, faoliyatini belgilovchi psixologik tushuncha. Har qanday harakat, xulq, fikrlash muayyan mezonlarga, motivlarga ega bo‘ladi. 27 Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 431. 67 Turli motivlarning xulq-atvor bilan bogʻliq boʻlib, ma’lum bir holatlarni oldindan aytish mumkin. Masalan, maqsadli motivatsiyasi yuqori boʻlgan talabalar yuqoriroq ball olishlari kuzatiladi. Shuningdek, ichki motivatsiyasi yuqori talabalar tashqi motivatsiyali talabalardan koʻra akademik jihatdan yaxshiroq natijalarni qoʻlga kiritishi mumkin. Ta’lim olish strategiyalari turli guruh talabalarida turlicha boʻlishini inobatga olgan holda aytish joizki, ichki motivatsiyalangan talabalar tashqi motivatsiyaga ega talabalarga nisbatan taqdim etilayotgan oʻqish materiallarini chuqurroq oʻzlashtirishlari kuzatiladi. Shu jumladan, aniq ma’lumotlar yetarli boʻlmasada, ichki motivatsiyasiga ega talabalar baholanish tizimiga tanqidiyroq yondashishlari ham tayin boʻladi. Motivlar va xulq-atvor oʻrtasidagi bogʻliqlikning bir yaqqol dalili talabalarning ta’lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali koʻriladi. Hozirgi kunga kelib oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan izlanishlarning koʻp qismi inventar oʻrganish yondashuvlarini qoʻllashga tegishli boʻlib qolmoqda (Entwistle va Ramsden, 1983). Ushbu izlanishning asosiy jihati ta’limda chuqur va yuzaki yondashuv oʻrtasidagi farq bilan bogʻliq boʻlgan. Chuqur ilm olish yondashuvi oʻqish materiallarini nazariy jihatdan tushunish hamda mavjud bilim bilan solishtirish mulohazasini yuritadi. Yuzaki yondashuvda esa, olingan bilim va malakani boshqa konteksda qoʻllash orqali materiallarni davomli tarzda oʻrganishni kasb etadi. Har bir mazkur yondashub motivatisiya turkumlari bilan bogʻlangan, ya’ni chuqur ilm olish ichki motivatisyaga hamda yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga yaqinlashtirib olinadi. 28 Hatti-harakat yoki faoliyat motivlari hamisha ham anglanvermaydi, ular anglangan va anglanmagan bo‘ladi. Maqsadlarimiz, qiziqishlarimiz, maslak yoki e’tiqodimiz tufayli bir ishni amalga oshirayotgan bo‘lsak, ularni Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling