Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
anglangan
motivlar deb ataymiz. Lekin ba’zan nima sababdan u yoki bu ishni qilib qo‘yganimiz, aytgan gapimiz yoki munosabatimizni, ayna shu kasbni tanlaganimizning tom ma’nosi, tub sababi bizga ayon bo‘lmaydi. Anglanmagan xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attitud” ) deb ataladi. Motivlar va xulq-atvor oʻrtasidagi bogʻliqlikning bir yaqqol dalili talabalarning ta’lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali koʻriladi. Hozirgi kunga kelib oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan izlanishlarning koʻp qismi inventar oʻrganish yondashuvlarini qoʻllashga tegishli boʻlib qolmoqda (Entwistle va Ramsden, 1983). Ushbu izlanishning asosiy jihati ta’limda chuqur va yuzaki yondashuv oʻrtasidagi farq bilan bogʻliq boʻlgan. Chuqur ilm olish yondashuvi oʻqish materiallarini nazariy jihatdan tushunish hamda mavjud bilim bilan solishtirish mulohazasini yuritadi. Yuzaki yondashuvda esa, olingan bilim va malakani boshqa konteksda qoʻllash orqali materiallarni davomli tarzda oʻrganishni kasb etadi. Har bir mazkur yondashub motivatisiya turkumlari bilan bogʻlangan, ya’ni chuqur ilm 28 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 27-40. 68 olish ichki motivatisyaga hamda yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga yaqinlashtirib olinadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu bogʻliqliklar omilli tahlillarni amalga oshirish orqali bir necha kuzatuvlar natijasida shakllantirilgan. Motivatsiyaning aniq turkumi va ta’lim olishning aniq yondashuvlari oʻrtasidagi bogʻliqliklar talabalar savolnomasi natijalari yordamida ifodalab berilgan. Keyingi izlanishga koʻra asosiy omillar ma’lum ma’noda sogʻlomroq natijalarni aks ettirgan. Shunday boʻlishiga qaramasdan, motivlar va strategiyalar oʻrtasidagi bogʻliqliklar birinchi qarashdagi kabi mukammal boʻlmasligi ham mumkin. Pintrich va Garcialarning (1991) izlanishlari natijalariga binoan, ichki motivatsiyaga ega talabalar materiallarni konseptual anglash holatini rivojlantirish strategiyalarini koʻproq qoʻllaganlar. Aslida esa bu kabi talabalarning takroriy strategiyalarni koʻproq qoʻllashlari bashorat qilingan edi. 29 30-rasm Insonning jamiyatdagi faolligi haqida gap ketganda, uning qandaydir shaxsiy tashabbusi tufayli tashqi muhitga, o‘zga shaxslarga va o‘ziga o‘zi ta’sir eta olishi tushuniladi, va bu xolatlar barchasining asosida unga turtki beruvchi qandaydir kuchlar, omillar, xulq motivlari, dunyoqarash, qadriyatlar tizimi va temperament yotadi. SHunga ko‘ra inson faolligi turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, ijtimoiy ahamiyatli, progressiv, yoki aksincha, zararli, o‘zgalarga moddiy va ma’naviy jihatdan yomon ta’sir ko‘rsatuvchi. Aksariyat xolatlarda bu o‘rinda gap motivatsiya to‘g‘risida ketadi. Har qanday xatti-harakat yoki xulq-atvorning asosini bir emas, bir nechta motivlar tashkil etadi. SHu bois ham shaxs xulq-atvorining sabablarini ko‘plab motivlar hosil qiladi (polimotivlashgan), deb hisoblanadi. Turli motivlar sabab bo‘lgan harakatlarda ham ijobiy, ham salbiy qirralarning mavjudligi ayni shu xolat bilan tushuntiriladi. Motiv muayyan faoliyat va harakatlarga nisbatan insondagi yo‘nalish bo‘lib, uning asosida asosan Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling