Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
motiv
- konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Motivatsiya - psixologik lug’atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas 26 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 27-40. 66 bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. Motivatsiya muammosi bilan hozirgi kungacha ko‘pgina olimlar shug‘ullanib kelishgan. Jumladan, chet el olimlaridan R. Myurrey, L. Gilfrod, R. Katall, G.Klaus, A. Maslou, X. Xekxauzen, D.Teylor, D. Makklelland hamda yaqin hamdo‘stlik mamlakatlari olimlaridan B.G. Ananev, A.L. Berdichevskiy, L.I. Bojovich, O.S. Grebenkja, M.I. Enikeev, T.A. Matis, M.V. Matyuxina, A.B.Orlov, YU.M. Orlov, D.B. Elkonin, A.M. Etkind, L.M. Fridman, B.C. Setlin, A. Megrabyan, M.SH. Magomed-Eminovlar motivatsiya, affiliatsiya va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyalarini o‘z tadqiqot ishlarida o‘rganishgan. 27 Motivatsiya shaxsni yo‘naltiruvchi asosiy omillarni belgilovchi psixologik tushunchadir. Psixologiya fani motivatsiya muammosiga ikki tomonlama yondashadi: ➢ inson xulq-atvorining sabablarini tushuntiruvchi omillar tizimi sifatida (motivlar, niyatlar, ehtiyojlar, maqsadlar tarzida); ➢ xatti-harakatlarning doimiy faolligini ta’minlovchi, shunday faollikka turtki bo‘luvchi va uni tavsiflovchi sifatida. Umuman, motivatsiya tushunchasiga barcha adabiyotlarda, jumladan, lo‘g‘atlarda ta’riflar ko‘p, ularni umumlashtirib, quyidagicha ta’riflash mumkin: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling