Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
“affiliatsiya”
tushunchasi biroz farq qiladi. 33-rasm Affiliatsiya insonning boshqa insonlar davrasida, guruhida bulishni istashi bilan bog‘liq xodisa. Ayniqsa, odam xavotirli, xavfli va stressli vaziyatlarni xis qilganda undagi affiliatsiya ehtiyoji ortib boraveradi. Affiliatsiya motivatsiyasi - muloqotga intilish, bilishga intilish, o‘zini ta’kidlash, manfaatli hamkorlikka intilish kabi maqsadlar, ehtiyojlar, motivlar majmuidan iborat bo‘lib, ular shaxs mehnat faoliyati davomida aqliy, anglanilgan muloqot jarayoniga o‘tishga undaydi. Oxirgi vaqtlarda affiliatsiya motiviga e’tibor ortmoqda. So‘zning ma’nosi inglizcha to affiliate – birlashmoq, birlashtirmoq, insonni boshqa odamlar davrasida bo‘lishga intilishi ma’nosini bildiradi. R. Myurreyning ilmiy izlanishlarida: “...Affiliatsiya deganda har ikkala tomonga ijobiy ta’sir etuvchi o‘zaro muloqot mazmuniga ega ijtimoiy ta’sirlarning ma’lum turi, do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va bog‘lanishni his etish, guruhlarga birlashish” kabi motivatsiya sifatida talqin etiladi. ✓ Maslou fikriga ko‘ra, affiliatsiya motivi insoniyat ehtiyojlari ierarxiyasining eng yuqori darajasiga mansubdir. Ammo shu bilan birga insoniyat tabiati uchun birinchi darajali va fundamental motiv hisoblanib, odamlar bilan o‘zaro ta’sir doirasidagina rivojlanishi mumkin. ✓ Megrabyan affiliatsiya motivining ikki xil tomonini ajratib o‘tadi: affiliatsiyaga ehtiyoj (simpatiya, muloqotdagi qo‘llab-quvvatlash) va rad etilishdan qo‘rqish (muloqot o‘rnatilmasligi yoki rasmiyligicha qolishi). ✓ X. Xekxauzen fikricha, affiliatsiyaga ehtiyoj universal hisoblanib, yosh, gender va etnik mansublikdan qat’iy nazar barcha insonlarga xos ehtiyojdir. Motivatsiya talaba xulq-atvori hamda akademik maqsadlariga chambarchas bogʻliq hisoblanadi. Ammo amalga oshirilgan ma’lum izlanishlar ushbu holatga toʻgʻri kelmaydigan ayrim natijalarni ham qayd etdi. Shuningdek, tadqiqotlarga binoan talabalarning ichki motivatsiyasi ta’lim olish jaroyonida shakllanishi ham mumkin ekan. 34 Ammo ushbu ehtiyojning xarakteri va mazmuni ta’lim-tarbiya, ijtimoiylashuv sharoitlari va ma’naviy tomonlarga bog‘liq. 34 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 188. 76 Klassik va zamonaviy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, affiliatsiya motivi o‘z ichiga insonlar bilan muloqot o‘rnatishga ehtiyoj, guruh a’zosiga aylanish, atrofdagilar bilan o‘zaro ta’sir doirasiga kirishish, yordam ko‘rsatish va qabul qilish kabi ehtiyojlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Affiliatsiyaga yo‘nalganlik tushunchasi ilk marotaba A.Megrabyan S.Kshesinskiylar tomonidan ijtimoiy psixologiyaga kiritilgan. Atoqli xorijiy psixologlar maktabi doirasida affiliatsiya motivi bevosita va bavosita yondashishlar orqali o‘rganilgan bo‘lsa-da, lekin mahalliy sharoitda sof ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bu borada hali olib borilmagan. YUqoridagi fikrlar umuman shaxs xulq–atvorining motivlariga oid fikrlar bo‘lsa, ijtimoiy psixologiya o‘z predmeti nuqtai nazaridan ijtimoiy xulq motivlariga alohida e’tiborni qaratadi. Bu masalaga oid dastlabki yaxlit nazariyalar fanda yigirmanchi asrning 50-chi yillarida paydo bo‘ldi va Vill SHuts nomi bilan bog‘liq. Uning nazariyasi rossiyaliklarning adabiyotlari “interpersonal xulqning uchlamchi nazariyasi” (trexmernaya teoriya interpersonalnogo povedeniya) 35 nomi bilan qayd etildi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, ijtimoiy xulqning asosini shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi uch toifa ehtiyojlar tashkil etadi: qo‘shilish, nazorat va ochiqlik. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling