etnomadaniy adaptatsiya
termini ham mavjud bo‘lib, begona madaniyat,
ma’naviyat, millatlararo munosabatlarga elatlar va etnoslarni moslashishining
o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlari mohiyati to‘g‘risida bahs
yuritadi.
Etnomadaniy adaptatsiya
– bu ijtimoiy-psixologik adaptatsiyaning bir
ko‘rinishi bo‘lib, odamlarning yangi madaniyatga ijtimoiy-psixologik jihatdan
odatlanishi, moslashishi va ko‘nikishni o‘zida mujassamlashtirishi,
shuningdek, begona, notanish milliy an’analar, qadriyatlar, turmush tarzi, xulq-
atvori etnoslararo ta’sir, ta’sir o‘tkazish qatnashchilarining kutilmasi, talablari va
normalariga rioya qilishlikni muvofiqlashtirishdir. Odatda, inson uch bosqichni
bosib o‘tgandan keyin etnomadaniy adaptatsiya jarayoniga kirib boradi, uning
xulqi, qadriyati, ijtimoiy ko‘rsatmasi
(attityud),
psixikasi
muayyan
transformatsiyalar yordami bilan kuzatib boriladi. Birinchi bosqichda shaxsda
ko‘tarinki kayfiyat va tashabbuskorlik emotsional-hissiy kechinmalar vujudga
keladi. Ikkinchi bosqichda esa frustratsiya, depressiya, parokandalik hislari
ishtirok etadi, uchinchisida bo‘lsa, o‘z kuch-quvvatiga ishonch, o‘zining
kechinmalarini qondirish hissi ro‘yobga chiqadi.
Odamlarning psixologik qiyofasi bilan etnoslar, guruxdar o‘rtasidagi
o‘xshashlik va tafovutlanish darajasi:
➢
etnomadaniy adaptatsiyaning davomiyligiga;
➢
ularning guruhiy va individual farkdariga;
➢
ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik muhit bilan tabiiy sharoit munosabatiga;
➢
yangi milliy madaniyatga kirishishdagi individual tajribasiga;
➢
etnik guruhdagi psixologik muhitga;
➢
turli etnik birliklarga taalluqli odamlar o‘rtasida o‘zaro
aloqalarning mavjudligiga bog‘liq.
Gumanistik yo‘nalishdagi psixologlar ham shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi
masalasida o‘ziga xoslikka egalar. Ular ham adaptatsiyani shaxs va tashqi muhit
o‘rtasidagi murakkab dinamik jarayon sifatida tasavvur qilib, uning oqibatida
shaxs hamda muhitning qadriyatlari o‘rtasida optimal uyg‘unlashuv hosil bo‘ladi,
deb ta’kidlaydilar. Masalan, A. Maslou
40
uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |