Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «readaptatsiya»
Ixtiyoriy adaptatsiya
- bu insonning xohishi, moyilligi orqali ro‘yobga chiquvchi holatdir. Odam o‘ziga zid, hatto unga yoqmaydigan salbiy, xohishga qarama-qarshi ijtimoiy hodisa va vaziyatlarga ilojsiz ravishda moslashishi mumkin (tutqinlik, zo‘ravonlik, vahobiylik, diktatura va hokazo). Bunday toifadagi ijtimoiy moslashuv - majburiy adaptatsiya deb nomlanadi. Bu tipdagi adaptatsiya inson psixikasiga zarar keltirishda, ya’ni shaxsning axloqiy, intellektual sifatlarining deformatsiyasi hisobiga kechadi, unda mental va emotsional buzilishning avj olishi natijasida muhitning (makro, mikro, mize) o‘zgarishiga olib keladi, hatto inson o‘z ruhiy olamini o‘zgartirish o‘quvidan ham mahrum bo‘ladi. Ijtimoiy psixologiya sohalarida «adaptatsiya» termini bilan bir qatorda «readaptatsiya» tushunchasidan ham foydalaniladi. Insonning turmush tarzi va faoliyati mazmuni shart-sharoitlarida tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi tufayli uning shaxsiyatida, xarakterologik xususiyatlarida qayta qurilishlar, yangilanishlar jarayonining kechishi readaptatsiya deb ataladi. Jumladan, tinchlik, osoyishtalik holatidan harbiy vaziyatga, o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtda qo‘nim topish, yakkay-u yolg‘iz turmush kechirish, oilaviy hayotiga ko‘nikish va hokazo. Odatda, adaptatsiya bilan readaptatsiya tushunchalari o‘zaro bir-biridan shaxs psixikasida qayta qurilishlar, yangilanishlar kechishining darajasi bilan farqlanadi. Adaptatsiya jarayoni psixokorreksiya, ruhiy qayta qurilishni tugallash, takroriy shakllanish, shaxs psixikasining ba’zi funksional sistemasini qisman qayta qurish bilan bevosita bogliq. Readaptatsiya qaerda shaxsning qadriyatlari, ma’noviy darajasi, maqsadi, xulq normalari, extiyojiy-motivatsion doirasi mazmunan, usluban qarama-qarshilikka duch kelsa, sodir bo‘ladiki, u holda muayyan darajada o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Mabodo readaptatsiya jarayoiida shaxsning hayoti va faoliyatida oldingi sharoitlarga o‘tish, qaytish ehtimoli yuzaga kelsa, u taqdirda sub’ekt o‘zida adaptatsiyaga nisbatan muhtojlikni his etishi mumkin. Masalan, odamning tinch-osoyishta, hotirjam fuqarolik hayoti va faoliyatidan harbiy sharoit, ekstremal vaziyatlarga o‘tishi odatiy adaptatsiyaning ro‘yobga chiqishidan tashqari, uning psixikasida qayta moslashuvning amalga oshishini taqozo etadi. Harbiy xizmatchilarning, turli qurolli tuzilmalarning askarlari iste’foga chiqib, o‘zaro tenglik asosida qurilgan fuqarolik hayotiga qaytishida 84 ko‘pincha jiddiy psixologik asoratlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi readaptatsiya jarayoni kechadi. Psixologiya fanida Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling