Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm
suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar,
o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar,
maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar
uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam
negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami,
xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, har bir insonda rang-barang tarzda
namoyon bo‘lishi kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga,
ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga turli xilda javob
qaytaradilar.
Shaxsning individual xususiyatlariga – temperament, xarakter va qobiliyatni
kiritish mumkin.
Temperament
– (lot. «temperamentum» - aralashma) inson psixikasining
individual jihatdan o`ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya’ni
o`zgaruvchan va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar
majmuidir.
Shaxsning individual xususiyatlari uning tug’ma, biologik xususiyatlariga
bog`liq. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo`lsa, ikkinchi
tomondan biologik - yaxlitlik, tug`ma sifatlarni o`z ichiga olgan individ hamdir.
YAngi Zellandiyada bo‘lib o‘tgan tadqiqotlarning birida 900ta odamning
hayoti kuzatildi. Bu o‘tkazilgan tadqiqotlarda shuni aniqlashdiki, ruhan faol va
impulsiv 3 yoshli bolalar 21 yoshida yanada agressiv, urushqoq bo‘lib voyaga
etgan. Sust 3 yoshli bolalar esa18 yoshdan keyin yanada ehtiyotkor va qat’iatsiz
bo‘lib o‘sgan. Yillar davomida jur’atsiz. Sust bolalar o‘zlarini erkin tutishni
o‘rganishadi, lekin dadil va jur’atli bolalarning hammasiyam uyatchang va
tortinchoq bo‘lavermaydi.
48
148-rasm
48
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 428-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |