Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

  
2.
 
Muvaffaqiyatga intilish hamda 
mag‘lubiyatdan qochish 
motivlari, tavakkalchilik 
psixologiyasi.
 


74
qilishni boshlaydi va o‘zi ham muammolarni echish, qarorlar qabul qilishda 
bevosita faol ishtirok etadi. Bunda o‘zining shaxsiy manfaatlarini, obro‘ qozonish 
kabilarni u keysingi o‘rinlarga qo‘yadi.
Yana bir marta ta’kidlab oʻtish kerakki, talabalarning ichki motivatsiyasini 
ragʻbatlantirishning oson va kafolatlangan usulu yoʻq. Ta’lim sohasidagi ayrim 
ekspertlarning fikriga qaraganda individual yoki guruhlarda amalga oshiruvchi 
oʻqituvchilarning motivatsiyaga ta’sirini pessimistiktarzda baholaydilar.  
Biggsning (1993) ta’kidlashicha universitet ta’limi tizimning ma’lum bir qismi 
hisoblanadi va bu tizim oʻzgaruvchanlikka qarshi xususiyatga ega boʻlib, balans 
holatini qanoatlantirishga moyil emas. Bu shuni anglatadiki, talabalarning 
oʻqishga yondashuvi hamda motivatsiyasi oliy ta’lim tizimi jihati bilan belgilanib 
beriladi (Duff, 2004). Talabalarning ilm olishga qiziqishlarini fanlarni 
takomillashtirish bilan birgalikda amalga oshirilishi samaraliroq natijalarni 
ta’minlab beradi. Boshqa jihatdagi yondashuvlar oʻzgarishga qarshi sifatida 
baholanadi.
33
  
Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshlagan ishni samarali ado etish yo‘li bilan 
qondiriladi. Bunday inson o‘z oldiga murakkab masalalarni qo‘yib, uni yaxshi 
bajarib, o‘zgalar e’tirofiga intiladi. Agar u rahbar bo‘lsa, o‘zi tashabbus ko‘rsatib, 
so‘ngra niyatiga etish, kam tavakkal qilib, oqilona yo‘llarni belgilashni nazarda 
tutadi. Agar rahbar nimadandir xavotirlansa, tavakkal qilishi darajasi yuqori 
bo‘lsa, tashabbus ko‘rsatadi, lekin bajarishni boshqalarga yuklab, o‘zi chetda 
turishni afzal ko‘radi. Asosiy niyati nima qilib bo‘lsa ham o‘z obro‘siga putur 
etkamaslik.
Psixologik nuqtai nazaridan D.MakKlellandning nazariyasiga yaqin nazariya 
Dj.Atkinsonnikidir. Uning fikricha, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshqa bir 
ehtiyoj – mag‘lubiyatdan qochish bilan birgalikda qaralmog‘i lozim. Biror 
narsaga erishishga kuchli ehtiros xis qilgan odamlarda muvaffaqiyatga erishish 
motivatsiyasi, va aksincha. Bunday motivatsiyasi kuchsiz bo‘lganlar esa 
mag‘lubiyatdan qochishni ko‘proq o‘ylaydiganlardir. Ikkala nazariya asosida 
mualliflar birgalikda sub’ektiv jihatdan ma’qul ko‘riladigan tavakkal qilish 
nazariyasiga asos solishdi. Amaliyotdan ma’lum bo‘ldiki, samarali rahbarlar 
hech qachon juda yuqori darajada ham, o‘ta past darajada ham tavakkal qilmas 
ekanlar.
Ular o‘z faoliyatlarida tavakkalning maqbul, o‘rtacha darajasida faoliyat yuritib, 
oldindan muvaffaqiyatsizliklardan o‘zlarini asrar ekan. Noaniqliklar ko‘p, 
tavakkal qilishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlardan doimo iloji boricha o‘zlarini olib 
qochishar ekan. SHu bois ham ularda mag‘lubiyatga uchrash kam bo‘ladi.
Odamlarning bir-birlariga bog‘liqligi, aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyojini 
ba’zan partisipativ (lotincha “participate” - ishtirok, sherikchilik ma’nosini 
33
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 184.


75
bildiradi) ehtiyoj yoki ishtirok etish ehtiyoji deb ataladi. Bunday ehtiyoj 
shaxsning do‘stona munosabatlarga intilishida namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar 
xamkasblari, oshnalari va mavqe jihatdan o‘zidan yuqori turadiganlarning doimiy 
e’tirofi va e’tiboriga sazovor bo‘lishni istab yashaydilar. SHu nuqtai nazardan 
tahlil qilinganda, 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling