Mmt-89 guruh talabasi shokirov xurshid
Download 0.73 Mb.
|
MENEJMENT MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Korxonani samarali boshqarishda eng ustuvor usullardan foydalanish.
MMT-89 GURUH TALABASI SHOKIROV XURSHIDMAVZU:Korxonalarni samarali foydalanish usullariREJA:
1.Korxonani samarali boshqarishda eng ustuvor usullardan foydalanish.Barchamizga ma‘lumki korxonani boshqarishda bir qancha samarali usullar mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylaridan bir bu-rag‘batlantirish(motivatsiya)dir. Motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalilar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma‘nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan: Motivlashtirish-bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbaasi, sababi, dalili va harxil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish-bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U mua‘yan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda-kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar 54 shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Umuman: Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir. Ehtiyoj qat‘iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ya‘ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq.Korxona samaradorligini oshirishda yana bir ustuvor yo‘nalishlardan biri bu mehnatni kooperatsiyalsh tizimini rivojlantirishdir. Fan, texnika, texnologiya rivojlanib borgani sari ishlab chiqarish jarayonlari murakkablashib boradi, bu esa umuman jamiyatda , turli-tuman tarmoqlarda va korxonlarda mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvini yuzaga keltiradi:ilgari noma‘lum bulgan va uziga xos ishlab chiqarishlarning paydo bulishi va ularning murakkablashuvi bilan butun-butun tarmoqlar taqsimlanadi;xar bir tarmoq ichida kichik tarmoqlar va ixtisoslashgan korxonalar vujudga keladi;xar bir korxonada, ayniqsa ommaviy ishlab chiqarishda texnologiya jarayonlarining taqsimlanishi va aloxidalashuvi sodir buladi, ana shu asosda ijrochi xodimlar orasida tor ixtisosdagi mutaxassislar paydo buladi. Ishlab chiqarish qanchalik murakkab bo‘lsa, ko‘prok ixtisoslashsa, xodimlarning ayrim mehnat taqsimoti shunchalik chuqur buladi. Biroq mehnat taqsimoti-bu faqat mehnat faoliyatining bir tomonidir, xolos. U ayrim xodimlar va guruhlarinng umumiy mehnat jarayonidagi ayrim ishchilar mehnatini birlatirishni talab qiladi. Barcha darajadagi o‘zaro bog‘langan mehnat jarayonlarida ayrim ijrochilarning ish o‘rinlaridan tortib butun – butun korxonalar, kichik tarmoqlar va xalq xo‘jaligining o‘zaro bog‘langan tarmoqlarigacha birlashtirishni taqozo qiladi. Bu birlashtirilish mehnatni kooperasiyalash deb yuritiladi. Demak, mehnatni kooperasiyalash - mehnat faoliyatini birlashtirish shakli bo‘lib, bunda ko‘p ishchilar bir-biri bilan o‘zaro xamjihatlikda ishlab chiqarishning bitta jarayonida yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jarayonlarida ishlaydilar. Mehnatni kooperasiyalash shu tufayli ishlab chiqarish vositalarini tejash va mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini 55 ochib beradiki, kooperatsiya qatnashchilarining kuchi birga qo‘shilganda sifat jihatdan yangi, jamoa shaklidagi ishlab chiqaruvchi kuchlari vujudga keladi.Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling