Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


B. Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

B. Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari.


61
Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, 
shuningdek, ularning qat’iy iyerarxiyasi yo’qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo’ladi. 
Bola shaxsiga aloqador motivlar tizimi bir qator motivlar yig’indisini ifodalovchi
o’zaro bir-biri bilan tasodifiy o’rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni 
o’zaro o’rin almashish jarayonida yagona anglashish darajasidagi nazorat tizimiga 
bo’ysunmaydi. 
S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif 
beradi: «Bevosita bolaga ta’sir etuvchi har bir qo’zg’atuvchi (qo’zg’ovchi) ilk bolalik 
davrida uning o’sishida hukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar hali 
mustahkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa qo’zg’atuvchi 
hukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib mo-
tivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq. Muallif vaziyatning stixiyali ta’siri 
haqida mulohaza yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta’sirini ko’rsatib 
turishini ta’kidlaydi. 
Nazariy va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning 
xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat xu-
susiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang’ich genetik qobig’idagi shakllanish 
pallasidagi motivining dinamik asosi – xatti-harakati qo’zg’alishini muvaqqat, tor muhi-
tidan tashkil topadi. Chunki bola hali motivlashgan ustanovkalarni uzoq vaqt ushlab tura 
olmasligi sababli u tez yo’qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qo’zg’alishlarda bola 
chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi. Ehtiyoj qondirilishida, affektiv 
reaktsiyalarda, chalg’ish jarayonida qo’zg’alish berilgan vaqt doirasidan chetlashadi.
Inson faoliyatining samaradorligi (mahsuldorligi)ni oshirish haqidagi psixologik 
usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan dalillab berdi. 
L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tahlil qilish kezida uni 
nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini 
alohida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat strukturasining 
takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina motivlar tuzilishining takomillashuvi va 
rivoji namoyon bo’ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan 
maqsadga bo’ysundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga 
oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvor shakllanishining boshlang’ich davri bo’lib 
hisoblanadi 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling