Mavzu. Ong haqidagi psixologik tasavvurlar. Reja


Download 20.58 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi20.58 Kb.
#1612235
  1   2   3
Bog'liq
7 seminar


Mavzu. Ong haqidagi psixologik tasavvurlar.
Reja
1. Ruxdan ong sari yoki Dekartning ong xakidagi ta'limoti.
2. Spinoza psixslogiyasi va uning "Etika" asari. Ong haqidagi ta'limotning rivojlanishi.
3.Psixologiyasida emperik psixologiyaning vujudga kelishi.
4.X1X asrda assotsiativ psixologiyaning taraqqiyoti va rivojlanishi.

17 asr psixologlar kuz ungida psixikaga bulgan karashlarning tubdan uzgarishi davri sifatida namoyon buladi. Psixologik fikr tarakkiyotidagi yangi davrni "fanlar malikasi" bulib xisoblangan mexanika ta'sirida paydo bulgan kontsepsiyalar ochib berdi. 17 asrga oid psixologik fikrlarning uziga xos tomonlarining talkinda ochik namoyon buldi.


A/ tushuntirish uchun xech kanday ruxga muxtoj bulmagan tana-mexanik sistema xakidagi ta'limot:
B/ ichki kuzatish orkali uz psixik xolati xakida xamma narsani bilish mumkin bulgan individning ongi xakidagi ta'limot.
V/ inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon yunaltiruvchi yoki zararli narsalardan kaytaruvchi extiroslar /affektlar/ xakidagi ta'limot
G/ fiziologik va psixologik tomonlar urtasidagi munosabati xakidagi ta'limot. Bu ta'limotlarning asosida fanning ulug zaxmatkashlari Rene Dekart/1598-1660/, Benedit Spinoza/1632-1677/, Tomas Robbe /1588-1b79/, Djon Lokk /1632-1704/, Gomfris Leybnis /1646-1716/ kabilar turar edi.
Frantsuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi bilan psixologiya tarixidagi goyat muxim boskich boglanadi. Aynan u uzining ong xakidagi ta'limoti bilan Aristotelning rux xakidagi ta'limotidan psixika tugrisidagi tushunchalarning ajralib chikishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi mexanik ishlovchi organizm modelini tanlaydi va u bilan usha kunlargacha rux bilan boshkariluvchi bulib xisoblangan tirik tanani uning ta'siridan "xolos etdi". Shu davrda Garve tomoni kon aylanishining kashf kilinishi "organizm mexanik mashina" degan fikrni rivojlantirdi. Unda yurak kon utkazuvchi nasos bulib xisoblanadi va bu jarayonda ruxning xech kanday funktsiyasi yuk deb ta'lim berildi.
Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari, erdagi xayot tashkarisidan energiya oluvchi maxsus agent rux bilan boshkariladi, deb xisoblab kelindi. Ammo Dekartdan boshlab, tana mexanika konunlariga asosan tuzilgan Avto sistemadir, undagi organlarning ishlashi xam tananing faoliyati xam, boshka tanalar bilan alokasi xam, ruxga muxtoj emas, deb takidlandi. Lekin bu bilan rux "ishsiz" bulib koldimi? Yuk, Dekart ruxni xech narsaga boglik bulmagan oliy substantsiyagacha kutardi.
"Rux ongning uzluksiz bulmagan xodisalari-fikrlaridan iborat" deb aytdi olim. Ruxning birdan bir asosiy belgisi uning fikrlashidir. Fikrlashdan tuxtash ruxning yuk bulishiga olib keladi, deb xisoblaydi. Dekart tana va rux substantsiyalarini uzaro takkoslash shunga olib keladiki, Dekart tana uz tabiatiga bulinuvchi, rux esa bulinmas, shuning uchun u turli xil narsa degan xulosaga keldi. Dekart dualizmning ma'nosi shuki, tana va rux mustakil substantsiyalardir. Ularning xar kaysisi mavjud bulishi uchun uzidan boshka xech narsaga muxtoj emas. "Rux butunlay mening tanamdan butunlay ayru bulib, u tanamsiz xam mavjud bula oladi". "Bizdagi issiklik va xarakat fikrga boglik bulmagani uchun ular fakat tanamizga tegishlidir" deb yozadi Dekart.
Buni Dekart ruxsiz tanalar xam, masalan, olov issiklikka ega bulishi va xarakatlanishi bilan isbotlashga xarakat kiladi. Dekartning fikricha, xayotni rux bilan boglaganlar xato kiladilar. Negaki "ulim xech kachon rux tufayli sodir bulmaydi, balki tananing muxim kismidagi buzilishi tufayli ruy beradi".
Dekartga kura asoslarning asosi shubxlanishdir. Uning fikricha xamma tabiiy va gayri tabiiy narsalardan shubxalanish kerak. Chunki shubxalanganda odam fikrlaydi. Bunda Dekartning mashxur aforizmi /men fikrlayapman, bundan chikdi mavjudman/. Uzining asosiy fikrlarini Dekart "aklni boshkarish koidalari", "ruxlar extiroslari", "odam xakida" nomli asarida bayon etdi.
XVIII asrning eng yirik kashfiyotlari katoriga refleks tushuncha-sining paydo bulishini kiritish mumkin. Refleks tushunchasi Dekart fizikasida paydo buldi. Agar Garvey uz kashfiyoti bilan ruxni ichki a'zolarini boshkaruvchisi sifatida inkor etgan bulsa, Dekart ruxni tashkaridan ta'sir etish xususiyatidan maxrum kildi. U fanga fiziologiya va psixologiyada fundamental bulgan refleks tushunchasini /terminini emas/ kiritdi. U davrda nerv sistemasi tugrisidagi bilimlar xam oz edi. Dekart uni ingichka kuvurchalar-"trubkachalar"dan iborat deb tasavvur kildi.
Dekartning tasavvurida guyo shu trubkachalardan mayda engil xavosimon zarralar xarakatlanadi. Bu zarralarni Dekart "xayvon ruxlari" deb nomladi. "Men rux deb atagan narsalar kichiklik va tez xarakatlanishdan boshka xech kanday xususiyatga ega bulmagan tanachalardan uzga narsa emas. Bular konning eng xarakatchan zarralari bulib, doim miya tomonidan xarakatlanadi", deb tushuntirmokchi buldi Dekart. Uning refleks sxemasiga kura tashki impuls nerv trubkachalari ichida joylashgan nerv "iplarining" uchiga tasir kilib, ular shu "ip" chikkan miyaning kismini guyo arkonning bir uchi ikkinchisini xarakatga keltirganidek kuzgatadi. U erdan "xayvon ruxlari" nerv orkali tegishli muskulga utib, kiskarishga majbur kiladi. Shu tarika xarakat ruy beradi. Shuning uchun kaynok buyum kulni kuydirib tortib olishga majbur kiladi. Bunda xuddi yoruglik nurining kuzgudan kaytganidek reaktsiya sodir buladi. Xatti xarakatlarning reflektor tabiatni ruxga murojaat kilmay ochib berib,
Dekart umid kiladiki, kelajakda ancha murakkab xodisalarni xam u ta'riflab bergan fiziologiya mexanika koidasiga kura tushuntirish mumkin bular: "masalan, it uljani kurgach, unga tashlanadi, lekin UK ovozini eshitsa, albatta kochadi. Shunga karamay ovga urgatilgan itlar uljani kurgach tuxtaydi. Aklsiz xayvonlar miyasida shunday uzgarish xosil kilib, ularni urgatish mumkin ekan, extimol odamga biror narsani urgatishda bundan xam yaxshirok narsalarga erishsa bular", deb taxmin kildi Dekart. Bundan u shunday xulosa chikardiki, "ruxning kuchi emas balki mexanika koidalari asosida ruy beruvchi tanadagi uzgarishlar asosida inson avvalo uz tabiatining, kolaversa tashki olamning xukmdoriga aylanishi mumkin".
Dekartning birinchi opponenti bulib gollandiyalik faylasuf Barrux Spinoza chikdi. Gegelning fikricha B.Spinoza Dekart falsafasidagi dualizmni olib tashladi. Unga kura yagona va abadiy ajralmas xususiyatlarga ega bulgan substantsiya - bu tabiat. Shuning uchun odamni substantsiyalar uchrashadigan "joy" sifatida Spinoza inkor etadi. Odam bir butun moddiy va ruxiy mavjudod deb biladi. Xech kim Spinozachalik Dekartning dualiz organizmga mashina singari munosabatda bulganini anglamagan. Uzining eng mashxur psixologik asari "Etika"da faylasuf dastlab substantsiyalar masalasida tuxtaladi. Shu erdanok uning karashlari Dekartning karashlaridan uzoklashadi.
Dekartdan farkli ravishda Spinoza monestik ta'limotni ilgari surdi. Substantsiya deganda Spinoza bizdan tashkarida joylashgan tabiatni tushunadi. Bu substantsiya uz navbatida bir kancha xususiyatlarga ega bulib, inson ularning fakat ikkitasi - tana va fikrni biladi. Shuning uchun rux va tana bitta individualni, ya'ni fikrlaydigan tanani tashkil etadi. Aloxida ruxiy substantsiyaning borligini Spinoza inkor etadi, lekin materiya va tafakkur birligi muammosini oxirida ochib berolmadi. Substantsiyalar ta'limoti asosida Spinoza insoning xissiy xolatlari kuprok affektlar masalasini yoritib berdi. uzining affektlar xakidagi ta'limotida affektlarning paydo bulishi va ularning tabiati: odamlarning affektlarga kulligi va affektlarning kuchi; inson ozodligi va inson aklining kuchi masalalari yuzasidan tuxtaldi.
Affektlarni Spinoza tabiiy xodisa deb biladi. Affektlar orasidan Spinoza Z tasini aloxida ajratib kursatadi.
1. Xoxlash.
2. Konikish.
3. Konikmaslik.
Kolgan barcha emosiyalar shulardan paydo buladi, deb xisoblaydi Spinoza. Spinoza affektlar butunlay inson irodasiga boglik va ularni tulik boshkarish mumkin, degan fikrga kushilmaydi. Bu borada u affektlarni inson ustida utkazadigan xukmronligi xakida fikr yuritadi. Barcha affektlar Spinozaning fikricha insonni shunday xolatga olib keladiki, bunda u uz-uzini boshkara olmaydi. Tasodif-larga karam bulib, aniklik kuz oldida, noaniklik tomon boradi, ozodlik esa affektlarga ergashishda emas, balki ularni aklga buysun-dirishdir. Spinoza psixologiyasi ongning psixologik ob'ekt sifatida shakllanishi yulidagi Dekartdan keyingi muxim kadam buldi.
Dekart dualizmining tankid kilinishidan boshka yunalish angliyalik faylasuf Tomas Robbe nomi bilan boglik. Robbe ruxni aloxida mavjudlik sifatida mutlako inkor etdi. Uning fikricha dunyoda Galiley tomonidan ochilgan mexanika konunlariga buysinuvchi moddiy tanalardan boshka xech narsa yuk.
Barcha psixik xodisalar xam shu konunlarga buysunadilar. Moddiy narsalar Gobbe fikricha, organizmga ta'sir etib, sezgini xosil kiladi. Inersiya konuniga kura, sezgidan uning kuchsiz izi sifatida tasavvurlar paydo buladi. Ular esa fikrlar zanjirini xosil kiladi va bu fikrlar sezgilar kanday ketma-ketlikda almashgan bulsa, shunday tartibda joylashadi. Bunday boglanish keyin assosiasiya nomini oldi. Agar avvalgi xarakat yana takrorlansa va ustunlik kilsa, keyingilari xarakatlanuvchi materiya bilan boglik bulgandan tekis stolda tomchining xarakatlanayotgan suv xam xarakatlanganidek uning ketidan xarakatlanadi.
Asosiy psixologik fenomenlardan biri sifatida assosiasiyalarni Dekart, Spinoza xam tan olishgan. Lekin tafakkur va irodaga nisbatan uning bilimning kuyi shakli deb xisoblangan. Robbe birinchi bulib assosiasiyani psixologiyaning universal konuni sifatida ta'riflaydi. Uzining kobiliyatlar xakidagi ta'limoti bilan Robbe Dekartni "tugma goyalar" xakidagi gipotezasini kattik tankid kildi va odamlarda tugma bir-biridan ustun belgilari bulmasligini isbotlashga intildi. T.Robbe bevosita F.Bekonning davomchisi sifatida empirik yunalish namoyondasi sifatida tanildi.

  1. Psixologiyasida emperik psixologiyaning vujudga kelishi.

  2. X1X asrda assotsiativ psixologiyaning taraqqiyoti va rivojlanishi.

XIX asrda Germaniyada inson va tabiatga xos bo’lgan konkret emperik hodisalarni, faktlarni o’rganishga bo’lgan intilish kuchayadi. Germaniyada, Angliyada vujudga kelgan emperik va assotsiativ haqidagi bilimlar keng yoyila boshladi.
Nemis psixologiyasida emperizm g’oyalariga bo’lgan qiziqish haddan tashqari kuchayib ketdi va qator olimlar tomonidan turli xil bilimlar bayon qilina boshlandi. Nemis asoschilaridan biri faylasuf psixolog va pedagog I.F.Gerbat edi. Gerbat Vol’f tomonidan ilgari surilgan qobiliyatlar nazariyasiga qarshi chiqdi. Gerbatning eng asosiy psixolog ishi «matematika va metafizika tajribalariga asoslangan psixologiya» haqida 1824-1825 yillarda yozilgan va psixologiya darsligi 1826 yillarda yozilgan. Gerbart o’z zamondoshlariga nisbatan ilgarilash xususiyatiga ega bo’ldi. U assotsiativ psixologiyaning tarafdori edi va uni qattiq himoya qildi. Gerbatning asosiy fikri psixologiya tajribalariga asoslagan bo’lishi kerak. Ongning faktlari qonuniyatlari va ong hodisalarini o’rganishdan iborat deb hisoblaydi. Bularning eng asosiysini ong hodisasi va faktlari ta’kidlaydi. Psixologiya fanining odamlar ustida tajriba olib borishga mutlaqo haqi yo’q deb hisoblaydi. Gerbat psixologiyasi ikki qismdan iborat.


  1. Download 20.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling