O'quvchilar xulqining dezadaptiv shakllari


Download 4.88 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi4.88 Kb.
#1636452
Bog'liq
dezataptiv bolalar

O'quvchilar xulqining dezadaptiv shakllari.

Reja:

Inson xulq-atvori, psixologik xususiyatlari bilan bog'liq masala insoniyatni qadim zamonlardan buyon qiziqtirib kelgan. Bu sohada izlanish olib borgan ko‘plab olimlar insonning tug'ilganidan boshlab shakllanishi bilan bog‘liq barcha hodisalarni o‘rganishni tadqiq qilish orqali, uning barchа murakkab jihatlarini kashf etgan. Haqiqatdan ham, inson xulq-atvorining jamiyatda belgiiangan hayotiy normal mezonlardan og‘ishi, buzilishi bilan bog‘liq muammoni psixologiya o‘rganadi.

Moslashuv - individuallashuv jarayonlarining nisbati bo'yicha, shuningdek, jamiyatda shaxs mavqei yuzasidan ijtimoiy moslashuvning quyidagi variantlarini ajratish mumkin:


radikal moslashuv - shaxsning mavjud ijtimoiy hayotda o'zgarishi orqali o‘z-o;zini ro‘yobga chiqarishi;
gipermoslashuv - shaxsning o‘z oliy yutuqlari vositasida ijtimoiy hayotga ta'siri orqali o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishi;
uygunlashgan moslashuv — shaxsning jamiyatda ijtimoiy talablarga orientatsiyasi vositasida o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishi;
konformistik moslashuv - individuallikni bostirish, o'z-o^ini ro‘yobga chiqarishni birlashish hisobiga;
deviant moslashuv - mavjud boclgan ijtimoiy talab(me'yor)lardan chiqish vositasida o‘z-o‘zini ro£yobga chiqarish;
ijtimoiy psixologik moslashmaganlik (dezadaptatsiya) - 0‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarish va moslashish jarayonlarini blokirovkalash holati.

Muayyan inson axloqida ijtimoiylashuvning istalgan variantida axloqning umumiy tavsifnomasidan foydalanib, quyidagilarni ifodalash mumkin:

  • asoslanganlik - shaxsning ehtiyojlari va maqsadlariga yo’naltirilgan harakatlanishga ichki tayyorlik;
  • o‘xshashlik - aniq vaziyat bilan kelishish;
  • moslashish - ijtimoiy muhitning yetakchi talablariga muvofiqligi
  • haqqoniylik - individuallik axloqining mosligi, uning ushbu shaxs uchun tabiiy ekanligi;
  • mahsuldorlik - ongli maqsadlarni amalga osliirish. Shaxs xulqining shunday belgilari borki, ular anchagina xususiy, biroq kam boMmagan ahamiyatga egadir:
  • faollik darajasi (energiyalilik va tashabbuskorlik);
  • hissiy ifodalanganlik (namoyon etilayotgan affektlaming kuchi va xarakteri);
  • jo‘shqinlik; turg‘inlik (turli vaqt va turlicha vaziyatlarda ko‘rinishlarning davomiyligi);
  • onglilik (axloqini tushunish uni so’z bilan tushuntira olish qobiliyati);
  • ixtiyoriylik (o‘z-o‘zini nazorat);
  • egiluvchanlik (muhitning o'zgarishiga javoblari axloqni o‘zgartirish).

Shaxsning og‘ishgan xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqki, u bizga bu xulqni boshqa fenomenlardan farqlashda, shuningdek, aniq bir odamda uning mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash zaruratida yordam bersin.


Shaxsning og‘ishgan xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqki, u bizga bu xulqni boshqa fenomenlardan farqlashda, shuningdek, aniq bir odamda uning mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash zaruratida yordam bersin: 1. Shaxsning og‘ishgan xulqi - bu umumqabul qilingan yoki rasman o‘rnatilgan ijtimoy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmaydigan harakatkardir. Deviant axloqni me’yordan og‘ishgan axloq sifatida baholashda ijtimoiy me’yorlar o‘zgarishini inobatga olish lozim.
Download 4.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling