Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

  
 
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri 
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm 
suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar
o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, 
maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar
uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam 
negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, 
xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, har bir insonda rang-barang tarzda 
namoyon bo‘lishi kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, 
ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga turli xilda javob 
qaytaradilar.
Shaxsning individual xususiyatlariga – temperament, xarakter va qobiliyatni 
kiritish mumkin. 
Temperament 
(lot. «temperamentum» - aralashma) inson psixikasining 
individual jihatdan o`ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya’ni 
o`zgaruvchan va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar 
majmuidir.
 Shaxsning individual xususiyatlari uning tug’ma, biologik xususiyatlariga 
bog`liq. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo`lsa, ikkinchi 
tomondan biologik - yaxlitlik, tug`ma sifatlarni o`z ichiga olgan individ hamdir.
YAngi Zellandiyada bo‘lib o‘tgan tadqiqotlarning birida 900ta odamning 
hayoti kuzatildi. Bu o‘tkazilgan tadqiqotlarda shuni aniqlashdiki, ruhan faol va 
impulsiv 3 yoshli bolalar 21 yoshida yanada agressiv, urushqoq bo‘lib voyaga 
etgan. Sust 3 yoshli bolalar esa18 yoshdan keyin yanada ehtiyotkor va qat’iatsiz 
bo‘lib o‘sgan. Yillar davomida jur’atsiz. Sust bolalar o‘zlarini erkin tutishni 
o‘rganishadi, lekin dadil va jur’atli bolalarning hammasiyam uyatchang va 
tortinchoq bo‘lavermaydi.
48
  
148-rasm  
48
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 428-b.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling