Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Xarakter aktsentuatsiyasi
turlari olimlar tomonidan turli xil ko`rinishda 
ajratib ko`rsatiladi. Ularning ayrimlari haqida to`xtalib o`tamiz:
Gipertim tip
- bu toifadagilar o`ta kirishimli, so`zamol bo`ladilar, 
imoishoralar, mimika va pantomimika orqali o`z his-tuyg`ularini namoyon qiladilar. 
Ular to`satdan suhbatning dastlabki mavzusidan chetga chiqadilar. Bu toifadagi 
odamda o`z xizmat va oilaviy majburiyatlariga etarli tarzda jiddiy e’tibor 
bermasliklari oqibatida atrofidagi odamlar bilan qisqa kelishmovchiliklar yo`zaga 
keladi. 
Ularning 
ijobiy 
tomonlari 
ishchanlik, 
optimistlik, 
faoliyatlilik, 
tashabbuskorlik kabi sifatlari orqali namoyon bo`ladi. Ularning salbiy xislatlari - 
engiltabiat, jizzaki, o`z majburiyatlariga befarq munosabatda bo`lish kabi sifatlardir.
Distim tip
 - bu toifadagilar kamgap, tortinchoq bo`lishadi. Ularning aksariyati 
uyda o`tirishni xoxlashadi. Ular sershovqin davralarni yoqtirmaydilar va atrofdagilar 
bilan kamdan-kam nizoga boradilar. Ularning ijobiy xislatlari: jiddiy, haqiqatgo`y, 
sofvijdonli. Salbiy tomonlari: sustkash, shaxsiyatparast, fikrlash doirasi tor.
Sikloid tip
- bu toig`adagilarning kayfiyati tez-tez davriy o`zgarishi, buning 
oqibatida ularning atrofidagi odamlar bilan bo`lgan muomalasi ham o`zgarib turishi 
ko`zatiladi. Ularning kayfiyati chog` bo`lganda yaxshi hamsuhbat, kayfiyati yomon 
bo`lganda esa tundroq bo`lib qoladilar.
155-rasm  


107
Ta’sirchan tip - bu toifadagilar muomalada 
tortinchoq, ko`p hollarda tund va injiq bo`lib, 
yolg`onchilikka, surbetlikka, nizoga 
moyildirlar. Shuningdek, bunday holatlarda ular 
doim faol bo`ladilar. Bu toifadagilar xotirjam 
bo`lganlarida sofdil, hayvonlar va kichkina 
bolalarni yaxshi ko`radilar, kayfiyatlari yomon 
bo`lganida esa injiq, jaxldor, o`zlarini idora eta 
olmaydilar. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling