Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Bundan tashqari David G. Mayers bo’yich xarakter tiplarini
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oluvchi tip
- Qochuvchi tip
- Sotsial tip
- Xarakter - shaxsning bir tomoni, lekin bu shaxs degani emas.
- Qobiliyatlar
Bundan tashqari David G. Mayers bo’yich xarakter tiplarini
quyidagilarga ham bo’lib o’rganish mumkin: Boshqaruvchi tip. Bu tip insonlar o‘ziga ishongan va g‘ayratli, ahamiyatsiz sotsial manfaatlarga, agar bular mavjud bo‘lmasa. Ular faol, ammo sotsial rejada emas, ularga boshqalarning baxt-saodati ahamiyatsiz, ular tashqi olam ustidan hukmronlik qilish xos. Asosiy haѐtiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial hal etadilar (jinoyatchilar, narkomanlar, qonunbuzarlar). Oluvchi tip: tashqi olamga tekinxo‘rlik va o‘zining ehtiѐjlarining ko‘p qismini boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial manfaatlar yo‘q, ular boshqalardan ko‘proq narsa olishga intiladilar. Ularning faolligi yuqori emas, ularning boshqalarga azob- uqubat keltirish ehtimli kamroq. Qochuvchi tip: bu insonlarning sotsial qiziqishlari ,, shaxsiy muammolarni hal etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadilar va haѐtiy muammolarini echishdan qochadilar. Ular qiyinchilik ѐki omadsizlik tug‘diradigan barchasidan qochadilar. Sotsial tip: Bu etuk talabga javob beradigan, sotsial manfaatlar bog‘lab turadi va yuqori faollikka ega. Bu inson boshqa insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchi, ular bilan munosabatga qiziquvchi, insonlarning asosiy haѐtiy muammolarini hal etuvchi muammolarni-ish, sevgi, do‘stlik-hamkorlikni, shaxsiy 109 mardlikni, mas’uliyatni talab etishini biladi va boshqa insonlarning rohatfarog‘atida o‘zining hissasi qo‘shishga tayѐr. 53 Xarakter - shaxsning bir tomoni, lekin bu shaxs degani emas. Ekstremal vaziyatda yoki shunchaki tanlash vaziyatida qoldirilgan kishi holatlardan ustun bo`lishga, shu jumladan, o`z xarakteridan ham yuqori ko`tarilishga qodirdir. Kishining istalgan, shu jumladan, ichki, psixologik holatlarga qarshilik qilish qobiliyati uning o`zini o`zgartiradigan qudratli kuchi borligini, uni shaxs sifatida rivojlantirish negizini namoyish qiladi. Shuning uchun kishini xatti-harakatlarini tushuntirishga, uning xulq-atvorini oldindan aytib berishga har qancha urinishlar prinsip jihatidan o`zil-kesil bo`lishi mumkin emas, chunki shaxs bunday tushuntirishlarni qadrsizlantirishi, ularga qarshi harakat qilishi va boshqacha bo`lib qolishi mumkin, ya’ni faqat tashqi va ichki holatlarga muvofiqligi foydasigagina emas, balki o`zi ijtimoiy va umuminsoniy jihatdan qo`llanilishi foydasiga tanlash o`tkaziladi. Shaxs bunga qay darajada qodirligiga qarab, unda konkretxarakterologik emas, balki ijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlari yo`zaga keladi. Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishni ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi. 156-rasm Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling