Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Internet saytlari: 6..www.ziyonet.uz – ZiyoNet ta’lim portali 7.www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat universiteti sayti pedagogika 8.www.pedagog.uz – Pedagogika yoʻnalishiga oid kitoblar sayti 6-mavzu. Professiogramma, psixogramma, kareragramma Asosiy savollar 1. Kasbiy psixologiyada kasb tanlashning psixologik mohiyati. 2. Kasbiy saralash va profesional tanlovning kasbiy psixologiya fanidagi orni. 3. Shaxs temperamepnt tiplarining psixogramma tuzish bilan boq’liqligi. O’quv maqsadi: Kasbiy psixologiyada kasb tanlashning psixologik mohiyati. Kasbiy saralash va profesional tanlovning kasbiy psixologiya fanidagi orni. Shaxs temperamepnt tiplarining psixogramma tuzish bilan boq’liqligi. Tayanch so’z va iboralar: kasb, kadr, maorif, professiografiya, psixogramma, karerogramma, turdogramma, reaktiv, xafaqon, faraziy obrazlar, timsollar, tasvirlar, psixologik portret, faoliyat. David G. Mayers Psycholo 120 Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsada, lekin uning ortida alohida insonning bir qarashda sof individual tanlovi yotadi. Shunday ekan, birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo‘llanma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi. Kasbga yo‘llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki ehtiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs xulq-atvorini bir muncha boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Shuning bilan birga talabada barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e’tibor qilinadi. Darhaqiqat, barqaror bilishga qiziqishlar qo‘zg‘atuvchi turtki (kuch) sifatida o‘quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatni ta’minlashga xizmat qiladi. Talabada bilimlarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning tug‘ilishi ko‘p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish imkoniyatini belgilaydi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling