Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Qobiliyat bosqichlari:


David G. Mayers Psycholo
113
ko`nikmalar kerak bo`ladigan va mustahkamlanadigan mehnat faoliyati qanday 
tashkil etiladi.
Kishining qobiliyati xilma-xil bo‘lib, qiziqishlar va o‘z ustida ishlash 
natijasida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Faoliyatning mohiyatidan kelib chiqib, 
qobiliyat ham turlicha kasb egalarida turlicha namoyon bo‘ladi, ayrim shaxslar bir 
necha sohalarga nisbatan ham qobiliyatli bo‘ladilar.
Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga 
aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga muvofiq: 
qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlar ekanligi; mazkur xususiyatga bilim, 
ko‘nikma, malaka orttirish bilan erishilishini bog‘lash muhimdir.
O‘zgaruvchanlik asosida qobiliyatning rivojlanib borishi tayin, yoshlar 
komillikda jamiyat bilan ota-onasi hal qiluvchi rol o‘ynashini va hattoki o‘z 
intilishlari haqida o‘ylashni boshlashadi.  
YOshlik davrida yoshlarning barcha uy fikrlari o‘ziga qaratiladi. YOsh 
avlod o‘z tajribasini betakror deb o‘ylaydi, ota-onalar va do‘stlar uni tushuna 
olmasligini va hatto birinchi uchrashuv yoki maktabni yomon ko‘rishni 
tushunmasligini xayoliga keltiradi. Birinchi muhabbat paytida yoshlar hattoki, 
“Ona birinchi muhabbat nimaligini bilmaysiz” deb aytishi mumkin. Piajening 
aytishicha, yoshlarning shunchalik intellektual darajaga etishi bu insoniy 
qonuniyatdir. Ularning taxmin qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Biz fikr 
yuritishning yangi darajasini insoniy tabiat, haqiqatlik va adolat hamda yaxshilik 
va yomonlik haqida fikr olib borgandagina ko‘ramiz.  
Ikkiyuzlamachilikni payqash ba’zida ota-onalar bilan achchiq bahsga olib 
keladi. SHuningdek yoshlarni o‘zining idealiga quloq solishga majbur qiladi. Balki 
Piaje (1972) ta’lim va madaniyatning ta’sirini etarlicha baholamagandir. SHuning 
uchun ham rasmiy qonunchilikka olib keladigan odamlar soni oshirib yuborilgan. 
Ba’zi bir yoshlar mantiq va matematika fanlaridan etarlicha bilimga esa 
bo‘lmasdan turib, bu darajada tafakkur qilishga qodir emaslar. Bolalik davrida 
qobiliyatlarning 
atrof-muhitdagi 
odamlar 
tomonidan 
tan 
olinmaganligi,
keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat 
qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, 
chunonchi Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy  
(yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida genial olim bo‘lib 
voyaga etishish dalolatnomasi yo‘q edi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va 
malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. 
Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida 
yuzaga chikadigan farqlar qobiliyat to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini  
beradi.
55
  
55
gy,© 2010 by Worth Publishers 460-461b.


David G. Mayers Psycholo
114
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti 
hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga 
chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatiga 
qobiliyat deyiladi.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa 
bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik 
asosining ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u 
yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani 
qobiliyat bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va 
malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof 
qiladi. SHuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda 
ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat 
ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza 
yuritish imkonini beradi.
159-rasm  

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling