Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Ijtimoiy faoliyat-shaxs va oila darajasida
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli turkumga ega bo‘lgan ijtimoiy faoliyat. Ijtimoiy yordam va qo‘llabquvvatlanishga muhtoj bo‘lgan guruhlar quyidagi tavsiflar asosida tasniflanishi mumkin
Ijtimoiy faoliyat-shaxs va oila darajasida. Individual faoliyatning asosiy maqsadi, individning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi, uni o‘rab turgan jamoatchilik orasidagi mojaroli vaziyatlarni hal qilishdan iboratdir. Masalan, bolaning oila tarkibida jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom o‘sishi ota-onalarning ijtimoiy-madaniy mavqei hamda moddiy ta’minlanganligiga, ularning etarli darajada diqqat-e’tiborni ajrata olishlari borasidagi imkoniyatlariga, ta’lim muassasalarining joylashuvi (yaqin yoki uzoq), mazkur oila qaerda yashayotganligiga bog‘liqdir. Sanab o‘tilgan barcha vaziyatlarda bola va ularning ota-onalariga qonunchilikda belgilangan huquqlaridan foydalanishlarida doimo malakali mutaxassis yordamiga ehtiyoj seziladi. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni aniqlashi, oila va individga ijtimoiy resurslar manbaiga murojaat qilish uchun maslahatlar berishi va tegishli joylar tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkillashtirilishida yordam berishi mumkin. Turli turkumga ega bo‘lgan ijtimoiy faoliyat. Ijtimoiy yordam va qo‘llabquvvatlanishga muhtoj bo‘lgan guruhlar quyidagi tavsiflar asosida tasniflanishi mumkin: ✓ yoshi jihatidan (bolalar, yoshlar, qariyalar); ✓ jinsi jihatidan; ✓ o‘xshash muammolari bilan (konfessional, yolg‘iz ota yoki onalar uyushmasi, sobiq alkogolik va narkomanlar guruhi yoki b.). Ijtimoiy faoliyat - jamoatchilik orasida, turar joyida. Ijtimoiy xodimning alohida e’tiborga molik faoliyat sohalaridan bu yashash joyida, jamoatchilik orasida xizmat ko‘rsatishdan iborat. U ijtimoiy xizmatlar tizimining kengaytirilishi, jamoatchilik munosabatlarini mustahkamlash, yashash joyining o‘zida iliq va muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik iqlimning David G. Mayers Psycholo 123 yaratilishi, shuningdek, turli ko‘rinishdagi lokal tashabbuslar asosida yordam guruhlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan. Bu sohada O‘zbekistonga xos bo‘lgan mahalla kabi maxsus jamoatchilik tuzilmasining keng imkoniyat va qudratidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy faoliyatning mohiyatini quyidagicha belgilash mumkin. Bu individ, oila va guruhlarga ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish hamda barkamol tarzda ijtimoiy jihatdan o‘zligini namoyon etishda to‘sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarini bartaraf etish yoki kompensatsiya qilish maqsadidagi ko‘rsatiladigan yordamdir. Kasb tanlash motivlari va ularning psixologik mohiyati haqida gap ketganda, shasxda uchrashi mumkin bo‘lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin: biror o‘quv faniga nisbatan qiziqish; yurti, xalqi va Vataniga foyda keltirish istagi; shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilib ko‘rsatish; oilaviy an’analarga rioya qilishi (vorislik); do‘stlari va o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi; ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi; moddiy ta’minlanganlik; o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir. Ma’lumki, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi shart. Shularni inobatga olib, rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‘nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - hunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling