Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Ijtimoiy faoliyat-shaxs va oila darajasida


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

 
Ijtimoiy faoliyat-shaxs va oila darajasida. 
Individual faoliyatning 
asosiy maqsadi, individning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi, uni 
o‘rab turgan jamoatchilik orasidagi mojaroli vaziyatlarni hal qilishdan 
iboratdir. Masalan, bolaning oila tarkibida jismoniy va ruhiy jihatdan 
sog‘lom o‘sishi ota-onalarning ijtimoiy-madaniy mavqei hamda moddiy 
ta’minlanganligiga, ularning etarli darajada diqqat-e’tiborni ajrata olishlari 
borasidagi imkoniyatlariga, ta’lim muassasalarining joylashuvi (yaqin yoki 
uzoq), mazkur oila qaerda yashayotganligiga bog‘liqdir. Sanab o‘tilgan 
barcha vaziyatlarda bola va ularning ota-onalariga qonunchilikda 
belgilangan huquqlaridan foydalanishlarida doimo malakali mutaxassis 
yordamiga ehtiyoj seziladi. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni aniqlashi, oila va 
individga ijtimoiy resurslar manbaiga murojaat qilish uchun maslahatlar 
berishi 
va 
tegishli 
joylar 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash ishlari 
tashkillashtirilishida yordam berishi mumkin.
Turli turkumga ega bo‘lgan ijtimoiy faoliyat. 
Ijtimoiy yordam va 
qo‘llabquvvatlanishga muhtoj bo‘lgan guruhlar quyidagi tavsiflar asosida 
tasniflanishi mumkin: 
 
✓ 
yoshi jihatidan (bolalar, yoshlar, qariyalar); 
 
✓ 
jinsi jihatidan; 
 
✓ 
o‘xshash muammolari bilan (konfessional, yolg‘iz ota yoki 
onalar uyushmasi, sobiq alkogolik va narkomanlar guruhi yoki 
b.). 
 
Ijtimoiy faoliyat - jamoatchilik orasida, turar joyida. 
Ijtimoiy 
xodimning alohida e’tiborga molik faoliyat sohalaridan bu yashash joyida, 
jamoatchilik orasida xizmat ko‘rsatishdan iborat. U ijtimoiy xizmatlar 
tizimining kengaytirilishi, jamoatchilik munosabatlarini mustahkamlash, 
yashash joyining o‘zida iliq va muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik iqlimning 


David G. Mayers Psycholo
123
yaratilishi, shuningdek, turli ko‘rinishdagi lokal tashabbuslar asosida 
yordam guruhlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan. 
 
Bu sohada O‘zbekistonga xos bo‘lgan mahalla kabi maxsus 
jamoatchilik tuzilmasining keng imkoniyat va qudratidan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy faoliyatning mohiyatini quyidagicha 
belgilash mumkin. Bu individ, oila va guruhlarga ularning ijtimoiy 
huquqlarini amalga oshirish hamda barkamol tarzda ijtimoiy jihatdan
o‘zligini namoyon etishda to‘sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy 
va boshqa kamchiliklarini bartaraf etish yoki kompensatsiya qilish 
maqsadidagi ko‘rsatiladigan yordamdir.
 
Kasb tanlash motivlari va ularning psixologik mohiyati haqida gap 
ketganda, shasxda uchrashi mumkin bo‘lgan motivlardan quyidagilarni 
alohida ta’kidlash mumkin:
biror o‘quv faniga nisbatan qiziqish;
yurti, xalqi va Vataniga foyda 
keltirish istagi; shaxsiy qobiliyatini 
ro‘kach qilib ko‘rsatish; oilaviy 
an’analarga rioya qilishi (vorislik);
do‘stlari va o‘rtoqlaridan o‘rnak 
olganligi; ish joyining va o‘quv 
yurtining uyga yaqinligi;
moddiy ta’minlanganlik;
o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning 
osonligi singari motivlardir.
Ma’lumki, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga 
keladi va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning 
uchun ham ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga 
oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi 
shart. Shularni inobatga olib, rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining 
yo‘nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - hunar sohalarini asos 
qilib olib, metodika yaratdi va uning 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling