Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Qobiliyatning tuzilishi.
SHaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh 
ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’i nazar, uning bilish 
jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional irodaviy jabhalariga, sensomotor 
sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablarni qo‘yadi va ularning 
hamkorlikdagi sa’y-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik 
ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand 
ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (hislat) faoliyatning 
yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyat 
uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar, kuch-quvvat tariqasida vujudga 
keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi.
Faktorli tahlil - barcha o‘ziga xos aqliy qobiliyatlar orqali o‘tadigan 
umumiy qobiliyat faktori mavjudligini aniqlash uchun psixologlar ularning o‘zaro 
ta’sirini o‘rganishadi. “Takrorlash tahlili” nomli statistika metodi izlanishlarga 
umumiy qobiliyatli o‘lchash uchun testlarga kerakli savollarni tanlash imkonini 
beradi. Misol uchun lug‘at bilan bog‘liq savollarni oson ishlaydigan insonlar 
matnni ham yaxshi tushunishadi. Bu to‘plam verbal intellekt faktorini aniqlashga 
yordam beradi. Boshqa savollar to‘plamlari ham makon faktori va mulohaza 
faktorini o‘z ichiga oladi.  
Faktorli tahlil ishlab chiqarishga o‘z hissasini qo‘shgan CHarlz Spirman 
(Charles Spearman 1863-1945) bo‘ladi. CHarlz Spirman o‘ziga xos faktorlar 
asosida yotuvchi umumiy intellekt (fator G) mavjud deb hisoblagan. Uning 
fikricha, insonlarda buyuk qobiliyatlar bo‘lishi mumkin. Biroq verbal intellekt 


David G. Mayers Psycholo
117
faktori bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichli odamlar odatda makon qobiliyati va mantiqiy 
qobiliyat faktorlarini echish natijalari bo‘yicha o‘rtachadan yuqoriroq natijalarga 
erishganlar. SHunday qilib har xil qobiliyatlar bitta guruhda bo‘ladi degan kichik 
tendensiya mavjud. CHarlz Spirmanning fikricha bu G faktori bizning butun ongli 
faoliyatimizga javob beradi.  
Gavard Gardner (Howard Gardner, 1983,1993,1995) Tyorstou g‘oyasini 
maqullaydi, chunki u zakovat har xil qobiliyatdan kelib chiqqan degan edi. Uning 
fikricha miya jarohatlanganda bir qobiliyatni pasaytirish mumkin, hammasini ham 
emas. Gavard Gardner maxsus qobiliyatli ya’ni “Indigo” insonlarni ham 
o‘rgandi.  
Masalan; Daholik sindromi bor odamlar aqllilik testida baland natijaga 
erishadilar, chunki bunday insonlarda nodir qobiliyat bo‘ladi. Misol uchun ular 
rasm chizishda, raqamlarda yoki musiqani eslab qolishda qobiliyatliroq 
bo‘lishadi. Ular til o‘rganishda qiynalishlari mumkin, lekin raqamlar bilan xuddi 
kalkulyatordek ishlay oladilar. Tarixiy sanalar, hafta kunlari ham shu jumladan 
hisoblanadi. Bu holatlarni hisobga olgan xolda, Gavard Gardner insonda bitta 
emas bir nechta qobiliyat to‘plami bo‘ladi va ular bir – biriga bog‘liq emas 
degan xulosaga keladi. Faqatgina verbal va matematik qobiliyatlar bilan 
cheklangan holatda, u qobiliyatni musiqiy sayqallarga bog‘liqni tasavvur qilish va 
tahlil qilishga va atrof muhitga va o‘ziga ziyrak o‘tkir nigoh bilan qarashini 
ta’kidlab o‘tgan.  
YOzuvchi T.S.Eliota, olim Albert Eynshteynni bastakor Igor Stravinskiy, 
raqqosa Mart Grexem, psixiatr Zigmund Freyd, jamiyat yo‘lboshchisi Maxatma 
Gandi va tabiatshunos CHarlz Darvin alternativ zakovat sohiblari sifatida 
namoyon bo‘lishgan. Gavard Gardner fikrlariga ko‘ra, ko‘chada o‘sgan o‘spirin 
keyinchalik namunali ishchi bo‘lib etishgan insonning biron bir markaziy  


David G. Mayers Psycholo
118
basketbol jamoasi etakchisining qobiliyatlari bilan bir xil bo‘lmaydi, aksincha turli 
xil bo‘ladi.  
Sandra Skarr (Sandra Scarr,1989) qarashlarida “Koshki edi 
insonlardagi bir sohada sezilgan kamchilik, boshqa bir sohada o‘zini namayon 
qilganda edi, shunda dunyo ham adolatli bo‘lar edi“- deb ifodalagan. Afsuski, 
dunyo biz o‘ylaganimizdek odil emas, hamda qobiliyatlar orasida ham o‘zaro 
moyilliklar bo‘lib turadi.  
Masalan: Aqli zaif insonlarda jismoniy qobiliyatlar ham kamroq bo‘ladi. 
SHuning uchun bu kabi insonlar uchun maxsus olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi 
va ular adalatli o‘yindan bahramand bo‘ladilar.  
Tadqiqodchilar Gavard Gardnerga ko‘p marotaba turli hil qobiliyatlarni  
“zakovat” ostida birlashtirib o‘tkazish o‘rinlimi deb savol berishadi. Verbal va 
mulohazali ko‘nikmalar muhimroq emasmi deb ham so‘rashadi. Ularning 
fikricha zakovot – bu aqliy qobiliyat. Musiqaga va ritmikaga bo‘lgan 
qobiliyatlarsiz ham yashasa bo‘ladi va ularni “talant” (qobiliyat) deb atash 
maqulroq. Agar insonlarga jismoniy qobiliyat etishmasa, ularni aqliy qobiliyati 
etishmaydi deb hisoblash tug‘rimi? Gavard Gardner ta’kidlaydiki, qobiliyatning 
barcha shakllari ichki ma’nogo ega va ular aniq bir madaniyat va kontekst 
ostida ortiriladi yoki shakllanadi.
57
  
I.P.Pavlov asarlarida 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling