Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


-mavzu.Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi


Download 1.05 Mb.
bet36/43
Sana03.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1744532
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
umumiy psixodiagnostika

11-mavzu.Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi
1.Guruhdagi shaxslararo munosabatning tuzilishini o’rganish.
2.Shaxslararo munosabat tizimida shaxsning holatini o’rganish.
3.Guruhdagi jipslikni o’rganish.
4.Hamkorlik va guruhdagi o’zlashtirganlik.
5. Sotsiometriya. Referentometriya. «Shaxsni guruhiy baholash». «Qadriyatlar birligi». «Q-saralash» (Q-sort) V. Stefansona.
6.Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi metodlari va metodikalari


Tayanch tushunchalar: shaxslararo munosabatlar, simpatiya, muloqot, kommunikatsiya, kinestetika, paralingvistika, ekstrolingvistika, proksemika, muloqotning interaktiv tomoni, ijtimoiy nazorat, muloqotning perseptiv tomoni, identefikatsiya , refleksiya, stereotiplashtirish.
Shaxslararo munosabatlar — bu obyektiv tarzda boshdan kechiriladigan, turli darajada anglanadigan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardir. N.N.Obozov fikriga ko‘ra, shaxslararo munosabatlar asosini o‘zarо ta’sirga kiruvchi insonlarning emotsional holati va ulaming psixologik xususiyatlari tashkil etadi. Shaxslararo munosabatlaming
rivoji jins, yosh, milliy xususiyatlar va boshqa ko‘pgina omillar bilan belgilanadi. V.N.Drujinin fikricha, ayollarda muloqot doirasi erkaklarga nisbatan torroq. Shaxslararo muloqotda ular o'zini namoyon qilish, o‘zlari haqida boshqalarga informatsiya berish ehtiyojini his qiladilar. Ayollar uchun shaxslararo munosabatlarda ifodalanuvchi xususiyatiar ahamiyatli boisa, erkaklar uchun ish bilan bogiiq xislatlar muhimroq hisoblanadi. Ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga
hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, do‘stlik,
o‘rtoqlik, antipatiya asosida vujudga keladi.
Shaxslararo munosabatlar o‘zining dinamikasiga ega:
•Tarkib topadi;
• Mustahkamlanadi;
•Muayyan cho‘qqiga ko'tariladi;
• Susayadi yoki tugallanadi.
Shaxslararo munosabatlar darajalari:
Simpatiya,antipatiya asosida vujudga keluvchi munosabatlar.
•.Ish yoki o‘qish yuzasidan boiadigan o‘zaro munosabatlar.
•Insoniy munosabatlar yoki chuqur, ishonchga asoslangan
o‘zaro munosabatlar.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling