Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


Download 1.05 Mb.
bet1/43
Sana03.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1744532
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
umumiy psixodiagnostika


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI



UMUMIY PSIXODIAGNOSTIKA


O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy coha, iqtisod va huquq


Ta’lim sohasi: 210000 – Sotsiologiya va psixologiya
Ta’lim yo’nalishi: 5210200 –Psixologiya (umumiy psixologiya)
Guliston-2020
Xolnazarova Matluba Xolbo’tayevna. Umumiy psixodiagnostika fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua . – Guliston 2020

Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “24” 08 №603 sonli buyrug’ining 2- ilovasi bilan tasdiqlangan fan dasturi, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2020-yil –“18” 08dagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan (VD-5110100-3.01. 2017 y) talablari asosida ishlab chiqilgan.


Tuzuvchilar: M.Xolnazarov – ” Pedagogika va psixologiya ” kafedrasi
Pfn. (dosent) ­­­­­­­­­­­­­­ ________
(imzo)
Taqrizchi: Sh.Fayziyeva. Pedagogika va psixologiya ” kafedrasi
katta o’qituvchi. ­­­­­­­­­­­­­­ ________
(imzo)
O’UM GulDU Ilmiy- uslubiy Kengashining 2020 yil “28”.08 dagi “1” sonli majlisida tasdiqlangan.
GulDU Ilmiy- uslubiy Kengashi raisi: dots . Sharipov F


KIRISH
“Umumiy psixodiagnostika” fani o’quv uslubiy majmua talabalarning tadqiqotlarda psixodiagnostika metodikalarini ishlab chiqish, tatbiq qilish va olingan natijalarni talqin etishga doir tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga mo’ljallab ishlab chiqilgan.Majmuada talablarni psixodiagnostikani fanlar tizimidagi o’rni, rivojlanish tarixi, psixodiagnostik tadbirlarni tashkil etish etikasi, psixodiagnostik tekshiruv va tadqiqotlarni tashkil etish hamda ularni o’ziga xos talablarini farqlash, psixodiagnostika fani metodlari xususiyatlarini ajrata olishlari, psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqishning psixometrik talablarini bilishlari, psixologik testlashtirish sohalari va psixodiagnostik metodikalarini qo’llanish istiqbollariga bag’ishlangan muammolariga bag’ishlangan mavzular kiritilgan. Talaba ushbu fanni o’rganish asosida davlat ta’lim standartida belgilangan kasbiy faoliyat talablariga javob beradi.
Talabalarda umumiy psixodiagnostikaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari, psixodiagnostik tadbirlarni tashkil etish tamoyillari, psixometrik mezonlari, test ishlab chiqish tamoyillari, intellektuallik diagnostikasi, shaxsni psixodiagnostik baholash, shaxslararo munosabat, kasbiy saralash psixodiagnostikasining nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi.
Talabalarda umumiy psixodiagnostika fani bo’yicha bilimlar, psixodiagnostik metodiklarni ishlab chiqish, tatbiq etish, natijalarni tahlil va talqin etish ko’nikmalari shakllantiriladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling