1-mavzu.Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida
Reja
Psixologik diagnostika tushunchasi psixologik tahxis qo’yish usullari va metodlarining ilmiy tizimi sifatida. Psixodiagnostika bilan differentsial psixologiyaning, testologiyaning, amaliy psixologiyaning va psixometrikaning o’zaro munosabatlari.
Psixodiagnostikaning predmeti.
Psixologik bilimlarni amaliyotda qo’llash, psixologiyaning mos tarmoqlari, differentsial psixometrika psixodiagnostikaning asoslanishi.
Ilmiy psixodiagnostika bilan amaliy psixodiagnostikaning o’zaro aloqalari.
Psixodiagnostik tadqiqotlarning ilmiy tadqiqotlardan farqi.
Tayanch tushunchalar: Psixologiya, psixodiagnostika, psixoprofilaktika,
psixologik tashviqot, psixologik korrektsiya, psixologik maslahat, psixologik diagnoz.
Psixologiya insonning ruhiyatini organuvchi nazariy fan bo‘lib qolmay, balki hozirgi kunda turli xil sohalarda keng qoilanilishi mumkin bo‘lgan amaliy fan hamdir. Insonni bar tomonlama o'rganish, y’ani odamlar oitasidagi individual farqlami aniqlash
taiim-tarbiya va mehnat faoliyati samaradorligini belgilaydi. Psixodiagnostika metodlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi psixologiyaning, yanada aniqroq aytadigan boisak, amaliy psixologiyaning asosiy va eng muhim yo‘nalishlaridan biri bolgan psixodiagnostika fani va uning asoslarmi bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Psixodiagnostika fani predmeti ta’rifiga turli yondoshuvlami uchratish mumkin. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Rus psixologlari A.A.Bodalev va B.B.Stolin psixodiagnostika fani predmetiga quyidagi ta’rifni beradilar: Psixodiagnostika - shaxs individual-psixologik xususiyatlarini o‘lchash va aniqlash metodlarini ishlab chiquvchi psixologiya fani sohasi. Psixolog Gurevich K.M. fikriga ko‘ra, psixodiagnostika -insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilariga ko‘ra tasniflash
hamda farqlash metodlari haqidagi fan2. R.S.Nemovning ta’kidlashicha, psixodiagnostika -bu maxsus bilimlarning shunday sohasiki, u individ yoki guruh tomonidan erishilgan psixologik rivojlanish darajasi hamda psixik holat, xususiatlarini aniq baholashning nazariyasi,metodologiya va metodlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |