Guliston davlat universiteti r. Elmurodov., I. Maripov. Lazerlar fizikasidan
Download 160.9 Kb.
|
Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari-fayllar.org
Laboratoriya ishi №5
Korbanat angidrid (CO 2 ) lazerini o’rganish. Korbanat angidrd (CO 2 ) lazeri - molekulali lazerlar turkumiga kiradi. CO 2 -lazerining nurlanishi, molekulaning pastki asosiy elektron energetik sathga tegishli tebranish - aylanish energetik sathlari orasidagi kvant o‘tishga asoslangan. Tebranish energetik sathlari orasidagi o‘tishning energiyalari katta emas, o‘sha energiyalarga tegishli nurning to‘lqin uzunligi o‘rtacha va uzoq infraqizil nurlanishi (5’300mkm) atrofida joylashgan. Molekulalarning to‘la ichki energiyasi uch xil energiyalarning yig‘indisidan tashkil topgan: 1) yadro atrofida harakat qilayotgan elektronlarning energiyasidan Δε e , 2) yadrolarning tebranma harakati bilan bog‘liq tebranish energiyasi dan Δε(v), 3) molekulaning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga asoslangan aylanma energiyasidan Δε(j). Molekulaning to‘liq energiyasini yozish mumkin: εqΔε e QΔε(v)QΔε(j), (2.3.1) bunda Δε e >Δε(v)>Δε(j) munosabat o‘rinli. CO 2 - molekulasi chiziqli va simmetriik molekuladir. Elektronning energetik holati ko‘rsatilmagan barcha holatlarda energetik sathlar va ular orasidagi kvant o‘tishlar asosiy pastki elektron holatga tegishli va molekula-ning elektron energiyasi nolga teng (Δε e q0) deb qarash kerak. Kvant o‘tishining chastotasi tebranma – aylanish o‘tishi bilan belgilanadi. Kvant o‘tish birdan-bir elektron holatidagi tebranish - aylanish – energetik sathlar oralig‘ida kuzatilib, o‘tish j va v kvant sonlarining qiymatlari farqi bilan aniqlanadi. Tebranish-aylanish kvant o‘tish Δvq±1, Δjq0, ±1 qoidasiga amal qiladi (juft sonli elektronlar uchun Δjq0, o‘tish taqiqlangan). Birdan-bir elektron va tebranish energetik sathlariga tegishli aylanish energetik sathlar orasidagi toza o‘tish j kvant sonining qiymati bilan belgilanadi. Ustki aylanish energetik (jQ1) sathdan, pastki aylanish energetik (j) sathga o‘tish R(j) orqali belgilanadi va R(j) spektrning shaxobchasi (vetviy) deb ataladi. Yuqorigi tebranish energetik sathining aylanish energetik j sathidan pastki tebranish sathiga tegishli aylanish energetik j sathiga o‘tish Q(j) shaxobcha deb belgilanadi. Q(j) – shahobcha uchun o‘tish Δjq0 qoidasiga amal qiladi. P(j) – shahobcha. Yuqoridagi tebranish energetik sathining aylanish energetik (j–1) sathidan pastki tebranish sathining aylanish energetik j sathiga o‘tishi P(j) deb belgilanadi. Demak, R, Q va R–shahobchalar to‘plami tebranish holatlari bilan bog‘langan bo‘lib, tebranma-aylanish yo‘lli spektrlarni hosil qiladi. O‘sha to‘plam Download 160.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling