17- rasm. a) Yarim o`tkazgichli lazerlning tuzilish
shemasi: 1-elektr toki beriladigan simning
kontakti, 2- yarim o`tkazgichl kristallli, b) damlash.
Ideal yarim o`tkazgichli kristalllning (defektlari va kirishmalari
bo‘lmagan kristalll) energetik spektri elektronlarning
ruxsat berilgan
holatllariga tegishli keng yulaklardan iborat bo`ladi.
Ular taqiqlangan
holatllar zonasi bilan ajratilgan o`tkazish zonasi va valent zonalaridir.
Valent zonasida xam, o`tkazish zonasida xam,
elektronlarining energetik
holatli amalda uzluksiz spektrni beradi.
Absolyut nol temperaturada ideal yarim o`tkazgich kristalllida xamma
elektronlar valent zonasida joylashgan bo`ladi (u elektronlar bilan to‘lgan
bo`ladi). O`tkazish zonasi esa to‘liq bo‘sh bo`ladi (unda elektronlar
bo‘lmaydi). Bu holatlda yarim o`tkazgich tok o`tkazmaydi va izolyator
xisoblanadi. Temperatura
noldan farq qilganda, elektronlarning bir qismi
issiq xarakati xisobiga valent zonasidan o`tkazish zonasiga yutadi. Valent
zonasida esa, shu o`tishlar natijasida, bo‘shagan joylar yoki
kovaklar hosil
bo`ladi. Kovaklar
musbat zaryadli zarrachalarga ekvivalent xisoblanadi.
Yarim o`tkazgichning temperaturasi oshgan sari, tobora ko`proq
elektronlar o`tkazish zonasiga o‘tadi va valent
zonasidagi kovaklar soni
shuncha ko`p bo`ladi. Agar shu yarim o`tkazgichga kuchlanish qo‘yilsa
undan elektr toki o‘tganini kuzatamiz.
O`tkazish toki hosil qilishda, o`tkazish zonasidagi elektronlar xam,
kovaklar xam ishtirok qiladi. Chunki kovaklar valent zonasidagi
elektronlarni o`tkazish zonasiga o‘tmasdan holatlini o`zgartirish imkonini
beradi yoki valent zonasida kovaklarning xarakati yuz beradi.
Shuning
uchun, elektronlarni xam, kovaklarni xam zaryad tashuvchilar deb
atashadi. Ideal kristalllda o`tkazish zonasida elektronlar bilan valent
zonasidagi elektronlar soni uzaro teng bo`ladi.
Asosiy moddadagi atomlarning bir qismi
boshqa elementlar bilan
almashtirilgan yarim o`tkazgichlarda (kirishmali yarim o`tkazgichlarda)
kirishmalar muxim rol o‘ynagani uchun, manzara o`zgaradi.
Birinchidan,
valent zonasi va o`tkazish zonasidan tashqari taqiqlangan zonada joylashga
qo‘shimcha energetik satxlar hosil bo`ladi.
Kirishmalar va ularga
Do'stlaringiz bilan baham: