8. Singlet va triplet energetik satxlarni tushuntiring.
9. Ionli gaz lazerlarini ishlash prinsipini tushuntiring.
10. He - Ne lazerini quvvati qaysi
shartlar bajarilganda eng
maksimal bo‘ladi?
11. Nima uchun He - Ne lazerinining generatsiya quvvati
dastlab razryad toki
oshib borgan sari oshib boradi, ammo
razryad tokining katta qiymatlarida kamayib ketadi?
12. He - Ne aralashmasidagi lazerning generatsiya quvvati, He Ne
gazlari aralashmasidagi He va Ne-larning parsial bosimlariga
xam bog‘liqligini tushuntiring.
13. He - Ne lazerini energetik satxlarini
va ular orasidagi
o‘tishlarni chizib tushuntirib bering.
Laboratoriya ishi №7
Yarim o’tkazgichli lazerlarni o’rganish.
Hozirgacha qarab chiqqan lazerlarda,
kvant nurlanishi atom yoki
molekulalarga tegishli energetik sathlar oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lsa,
yarim o‘tkazgichli lazerlarda, kvant nurlanishi, energetik zonalar oralig‘ida
o‘tishlar tufayli paydo bo‘ladi. Zonalarda energetik sathlar juda zich
joylashgan va shu sababli, yarim o‘tkazgichli aktiv moddalarda kuchayish
koeffisienti 10
4
sm
–1
gacha qiymatga erishishi mumkin. Kuchayisg
koeffisienti
kattaligi tufayli, yarim o‘tkazgichli aktiv moddalar kichik
o‘lchamlarga ega (rezonatorlar uzunligu L q 50mkm dan 1 millimetrgacha)
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: