Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
-MAVZU: SHAXSLARARO MUNOSABALARDA SHAXS AGRESSIVLIGI
Download 1.08 Mb.
|
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agressiya haqida tushuncha.
12-MAVZU: SHAXSLARARO MUNOSABALARDA SHAXS AGRESSIVLIGI
Asosiy savollar 1.Agressiya haqida tushuncha. 2.Agressiv xulq va uning turlari. 3.Agressiyaning ijtimoiy sabablari. 4. Agressiya va frustratsiya. Tayanch so’z va iboralar: agressiyaga, nasliy boshqarish, psixologlar assotsiatsiyasi, dushmanlik agressiyasi, instrumental agressiya, agressiv xulq, konsilium, distress Agressiya haqida tushuncha. Agressiyaga ta’rif berish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi,chunki bu atama kuplab hatti-xarakatlarni ifodalaydi. Odamlar tomonidan agressiv odam ta’riflanganda boshqalarni haqorat qiluvchi o‘zini boshqalardan ustun quyadigan badfe’l odamni ko‘z oldimizga keltiramiz. Insonlarning ana shunday hatti xarakatlari haqidagi qarashlar Z.Freyd Makdugall kabi olimlarning “inson va hayvonlarda agressiyaning to‘g‘ma instinkti mavjud bo‘ladi” degan qarashlari asosida yuzaga keldi.Bu mulohazalar XX asrda vujudga keldi. Unga ko‘ra agressivlik frustratsiyaning oqibatidir. Birinchi bo‘lib J.Dollard ilgari surdi. Lekin bu ikkala qarash ham amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmadi. Va nihoyat Leonard Berkovich o‘tkazgan tajriba asosida agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari aniqlandi Agressiyaning namoyon bo‘lishida nerv sistemasining ta’sirini o‘rgangan olimlar hayvonlar va odamlar miyasida agressiyada rol o‘ynaydigan soxalar borligini aniqlashgan. Ayni paytda bu soxalardan biri agressiya paytida faollashsa, boshqa biri tormozlanish jarayonida faollashadi. Nasliy boshqarish yo‘li bilan agressiyani kuchaytirish yoki susaytirish mumkin. Masalan, xo‘rozlar urishtirilishi, itlar jangi. Insonlarda esa ilk bolalikda namoyon bo‘lgan temperament butun umr davomida o‘zgarmaydi. Amerika psixologlari assotsiatsiyasining 1993 yildagi xulosasiga ko‘ra, agar bola yoshlikda qo‘rqmas, impulsiv temperamentni namoyon qilsa, o‘smirlik paytida uning xulqida buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Qonning ximik tarkibi nerv sistemasining agressiv stimullarga sezgirligini oshiradigan yana bir omil hisoblanadi. Qondagi alkogol miqdori va intoksikatsiya ta’sirida agressivlik ortib, tormozlanish susayadi. SHuningdek erkaqlar jinsiy garmoni, testosteronning ortib ketishi ham agressivlikning kuchayishiga olib keladi. Testosteron miqdorining pasayishi erkaqlar xulqining agressiv tendensiyasining bo‘shashishiga sabab bo‘ladi. Testosteronning ortishi agressivlik va ustunlikka sabab bo‘ladi, ikkinchi tomondan agressiv holat paytida testosteron miqdori ortadi. Ma’lum bo‘lishicha, jamiyatdagi mavqei birdaniga yomon tomonga o‘zgargan odamlarda qondagi yana bir modda serotonin miqdori kamayib ketadi. Serotonin miqdorining kamayishi esa agressiyaning kuchliroq namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling