Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 18-20-guruh talabasi Baxtiyorova Nargizaning Geografiyadan masala va mashqlar “ fanidan qilgan

Download 0.99 Mb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1763298
1   2   3
Bog'liq
Baxtiyorova Nargiza (2)

Tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti aynan ana shu tabiiy geografik komplekslar bo‘lishi kerakligini B. P. Orlov (1945), A. G. Isachenko (1953), N. A. Solnsev (1955), V. P. Lidov, L. Y. Setunskaya (1956), K. K. Markov (1970) va boshqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'kidlab o‘tganlar. Ammo geografiya fani tarixida bunday fikrni birinchi bo‘lib A. N. Krasnov (1895) bildirgan edi. Uning fikricha, geografiyaning eng asosiy vazifasi geografik komplekslarni aniqlash, ularning xususiyatlari va tarqalish sabablarini o‘rganishdan iborat bo‘lishi kerak.

A. G. Isachenkoning (1991) fikricha, hozirgi zamon tabiiy geografiyasidagi asosiy g‘oya planetamizning tashqi sferalarini hosil qiluvchi tabiiy komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi g‘oyasidir. Bu g‘oyaning ildizlari A. Gumboldt va V. V. Dokuchayev asarlariga borib taqalsa ham, tarixan ikki yo‘nalishda aniqlashtirilib va rivojlantirilib borildi

Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi uchinchi tushuncha, bu "tabiiy muhit" yoki "geografik muhit" tushunchasidir. Ushbu tushuncha ko‘proq ilmiy - ommabop adabiyotlarda, ba'zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda, falsafada keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, falsafa lug‘atida bu tushuncha shunday izohlangan: "Geografik muhit - jonli va jonsiz tabiat predmetlari va hodisalarining majmui (yer po‘sti, atmosferaning quyi qismi, gidrosfera, ustki tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olami)dir". Ko‘rinib turibdiki, geografik muhit atamasi bilan geografik qobiq atamasining izohlarida o‘xshashliklar bor. Shuning uchun ham K. K. Markov (1951), I. M. Zabelin (1952), I. P. Gerasimov (1956) va boshqalar "geografik muhit" atamalaridan foydalanganlarida albatta inson faoliyatini nazarda tutganlar va geografik qobiqning sinonimi sifatida foydalanganlar.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling