Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya taʼlim yoʻnalishi 10-21-guruh talabasi Mamasharipov Doniyorning umurtqasizlar zoologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.63 Mb.
|
Taroqlilar tipi Mamasharipov Doniyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 klassifikatsiyasi
3 Koʻpayishi va rivojlanishiTaroqlilar – germafrodit hayvonlar; faqat jinsiy ko’payadi. Jinsiy bezlari kolbasasimon bo’lib, gastrovaskulyar sistemasining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar endodermani yorib meridional naylarga, u yerdan og‘iz orqali suvga chiqadi. Tuxumlari suvda urug‘lanadi; to‘liq lekin notekis maydalanadi. Natijada murtakning bir qutbi tez maydalanayotgan mikromerlardan, ikkinchi qutbi sekin maydalanayotgan makromerlardan iborat bo‘ladi.Mikromerlar ektodermani, makromerlar endodermani hosil qiladi. Halqumi birlamchi og‘iz – blastopor ektodermasini tana bo’shlig’iga botib kirishi tufayli hosil bo ‘ladi. Gastral bo ‘shliq endodermasi hujayralarining bir qismi ektoderma va endoderma orasiga (ya’ni blastotsel qoldig‘iga) botib kirib butsimon plastinkani hosil qiladi. Bu plastinkadan keyinchalik mezogleyaning hujayra elementlari va paypaslagich muskullari hosil bo’ladi. Shunday qilib, taroqlilarda birinchi marta dastlabki uchlamchi embrion qavati – mezoderma kurtaklari hosil bo’ladi. Bu kurtaklar mezogleyaga botib kirgan butsimon plastinkadan iborat. Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi.Mikromerlar ektodermani, makromerlar endodermani hosil qiladi. Halqumi birlamchi og‘iz – blastopor ektodermasini tana bo’shlig’iga botib kirishi tufayli hosil bo ‘ladi. Gastral bo ‘shliq endodermasi hujayralarining bir qismi ektoderma va endoderma orasiga (ya’ni blastotsel qoldig‘iga) botib kirib butsimon plastinkani hosil qiladi. Bu plastinkadan keyinchalik mezogleyaning hujayra elementlari va paypaslagich muskullari hosil bo’ladi. Shunday qilib, taroqlilarda birinchi marta dastlabki uchlamchi embrion qavati – mezoderma kurtaklari hosil bo’ladi. Bu kurtaklar mezogleyaga botib kirgan butsimon plastinkadan iborat. Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi.4 klassifikatsiyasiTaroqlilar paypaslagichlilar (Tentaculata) va paypaslagichsizlar (Atentaculata) kenja sinfiga bo’linadi. Ko‘pchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi. Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tasmaga o’xshash uzun bo’ladi. Masalan, zuhro kamari (Cestis veneris) ning uzunligi 1,5 m ga yaqin (46-rasm). Ayrim taroqlilarning tanasi tana o’qi bo’ylab yassilashgan bo’lib, ularning suzishi va og’iz tomoni bilan o’rmalashini yengillashtiradi (masalan seloplana – Coeloplana)Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling