Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya taʼlim yoʻnalishi 10-21-guruh talabasi Mamasharipov Doniyorning umurtqasizlar zoologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 0.63 Mb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1118858
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Taroqlilar tipi Mamasharipov Doniyor

Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya taʼlim yoʻnalishi 10-21-guruh talabasi Mamasharipov Doniyorning umurtqasizlar zoologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: TAROQLILAR (CTENOPHORA) TIPI

Reja:

  • Taroqlilar tipi uchun umumiy tarif
  • Taroqlilar sinfining tashqi va ichki tuzilishi
  • Koʻpayishi va rivojlanishi
  • Klassifikatsiyasi
  • Flogeniyasi

1 Taroqlilar tipi uchun umumiy tarif

Taroqlilar – dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko‘pchilik turlari suv qa’rida, boshqalari suv tubida o‘rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo’shliqichlilarga o‘xshash ikki qavatdan, ya’ni ektoderma va endodermadan iborat. Bu qavatlar o ‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko’pchilik taroqlilaming yopishuvchi hujayralari bo‘ladi. Shaklan o’zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.


Ctenophora (Mnemiopsis leidyi) Taroqli jele

2 Taroqlilar sinfining Tashqi va ichki tuzilishi

Tanasi odatda xaltaga o‘xshash bo‘lib, uning bir chetida og‘iz teshigi (oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan. Tananing asosiy o‘qi ana shu ikki qutbi orqali o’tadi. Asosiy o‘q orqali ikkita har xil simmetriya yuzasini o‘tkazish mumkin. Ana shuning uchun taroqlilami ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo ko’pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o’qi bo’ylab 8 tadan joylashadi.


Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birinchi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to’qimasi paydo bo’ladi; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi. Taroqlilar tanasining ikki yonida shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari joylashgan. Paypaslagichlar cho’zilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda joylashgan juda ko’p yopishqoq hujayralar o’ljasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ayrim taroqlilaming paypaslagichlari bo’lmaydi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling