Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Kartografik tadqiqot usuli


Download 188.85 Kb.
bet14/18
Sana02.06.2024
Hajmi188.85 Kb.
#1838600
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodik ko`rsatma

11. Kartografik tadqiqot usuli. Kartografik usul har bir geografik tadqiqot ishlarida qo’llaniladi. Kartografik usul yordamida tabiiy va iqtisodiy sharoitning umumiy va xususiy tomonlari tavsiflanadi. Masalan, kompleks xaritalar, tabiiy xaritalar, geologiya, tuproq, o’simlik, landshaft, qishloq xo’jaligi, sanoat va boshqa xaritalar. Kartografik usul
geografik, metodik va iqtisodiy tadqiqotlarda kartografik tadqiqot usulidan foydalanish tadqiqot ishining vazifasida ko’zda tutilgan xususiyatlarining uyg’unligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. CHunki kartalarda geografik va sosial iqtisodiy elementlar uyg’unligi bir-birini to’ldirish bilan birga mamlakat yoki hududning tabiati va uning boyliklarini, iqtisodiyotini, madaniy-ma’rifiy va tarixiy xususiyatlarini o’zida jamlagan bo’ladi. Tadqiqot ishi davomida tadqiqotchi uchun kartalardagi ma’lumotlardan foydalanishda qulaylik yaratadi yoki tadqiqot ishi natijasida tuzilishi lozim bo’lgan kartaning mukammalligini ta’minlash uchun tadqiqotchiga namuna vazifasini o’taydi. Ba’zan tadqiqot vazifasida ko’zda tutilmagan qirralarini yoki xususiyatlarini ham yoritish imkonini beradi va tadqiqot ishining mukammalligini oshiradi.
Geograf olimlar J.Qoraboev va T.Mirzalievlar ta’kidlaganidek,- “kartalardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • kartalarni bir biri bilan taqqoslash orqali ularda ifodalangan jarayon, voqea va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash;

  • tabiiy resurslar, sosial-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va tarixiy tahlil qilish va hozirgi holatini aniqlash;

  • tabiiy va sosial iqtisodiy voqea, hodisa va jarayonlar taraqqiyotini o’rganish, baholash va bashorat qilish;

  • tabiiy va sosial iqtisodiy voqea-hodisa va jarayonlarning geografik o’rnini, chegaralarini va ularning miqdor hamda sifat ko’rsatkichlarini karta masshtabi aniqligida aniqlash va boshqalar shular jumlasidandir”.4

12. So’rovlar o’tkazish usuli. Mazkur usul geografiya, geografiya ta’limida keng qo’llaniladi. Bunda turli metodik ma’lumotlar uchun ma’lum bir yo’nalishda ma’lumotlar yig’iladi. So’rovnomaning mazmuni o’quvchilvar, o’qituvchilar va metodestlar uchun aloxida ishlab chiqiladi. Masalan, iqtisodiy va ijtimoiy georgrafiya predmeti bo’yicha o’qituvchi uchun so’rovnoma mazmuni o’qitish metodlarini takomillashtirish bo’yicha quyidagicha bo’lishi mumkin:
- o’quvchilarni faoliyatini tashkil qilishda qanday usullardan foydalanasiz: a) yangi mavzuni o’qitishda; b)o’quvchilar bilmini tekshirishda;
- Sizni darsligingizda ko’proq qaysi metod asosiy bo’lib hisoblanadi?
- Sizni darslaringizda VIII-IX sinf o’quvchilarning ishlari nimasi bilan farqlanadi: a) xarita bilan ishlanadi; b)darslikdagi rasmlar bilan, jadvallar bilan;
- O’qituvchilar qobiliyatini qanday vositalar va usullar bilan rivojlantirasiz;
- O’quvchilarni bilish faoliyatini qaysi darajada tashkil qilasiz; a) bilimlarni tayyor xolda berasizmi? b)materialni faqat bir qismini o’zingiz tushuntirasiz? v) mavzuni o’quvchilar o’zlari mustaqil o’zlashtirishadi.
O’qituvchilardan so’rovnoma o’tkazish bilan bir vaqtning o’zida o’quvchilar bilan ham so’rovnoma o’tkaziladi. O’quvchilar uchun so’rovnoma mazmuni quyidagi jadvallarda berilgan.
So’rovnoma asosida olingan ma’lumotlar matematik usullar bilan qayta ishlanadi va umulashtiriladi. Turli viloyatlarda o’tkazilgan so’rovnomalarning javobi mos bo’lsa o’rganilayotgan pedagogik jarayonlarning to’g’riligini tasdiqlaydi.
so’rovlar usuli ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy geografiyada sosiologik, aholining ijtimoiy demografik holatini o’rganishda ko’p qo’llaniladi. Anketa so’rovlari ma’lum maqsaddan kelib chiqib, keng qamrovli tuzilganligi tadqiqotni samarali o’tkazishda muhim ahamiyatga ega. Dastlabki umumiy savollar (yashash joyi, tug’ilgan yili, millati, jinsi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik bo’yicha ishlayotgan yoki ishlamayotganligi, sababi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli, farzandlar soni, bir hovlida necha kishi yashashi, oilaning o’rtacha yillik daromadi kabi savollar) har bir anketa so’rovlarida berilishi kerak. Keyingi beriladigan savollar tadqiqot mavzusiga bevosita tegishli bo’lishi lozim. Masalan, aholining ichki va tashqi migrasiyasini quyidagi savollarning bo’lishi maqsadga muvofiq:

    1. Siz yashash joyingizni o’zgartirishni xoxlaysizmi?

    2. Nima sababdan yashash joyingizni o’zgartirmoqchisiz?

    3. Agar boshqa joyga ko’chishni xohlasangiz, qaerga ko’chgan bo’lardingiz?

    4. Agar boshqa davlatga ko’chishni xohlasangiz sababini ko’rsating.

    5. O’zbekistonning boshqa joyiga ko’chishni xohlasangiz sababini ko’rsating.

    6. Hozirgi kunda oila a’zolaringiz orasida O’zbekistonning boshqa shaharlarida o’qiyotgan, ishlayotgan, yashayotganlar bormi?

    7. Hozirgi kunda oila a’zolaringiz orasida chet mamlakatlarda o’qiyotgan, ishlayotgan, yashayotganlar bormi?

Tadqiqotchi anketa so’rovlari natijalarini qayta ishlash yo’llarini puxta o’ylab olish zarur.

Download 188.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling